Tengiz Kobiashvili Andijonga keldi
30 apr 2018 12:19
Yangiliklar
Tengiz Kobiashvili Andijonga keldi
2008 yili “Andijon” safida ishonchli o'yinlari bilan mahalliy muxlislarning olqishiga sazovar bo'lgan Kobiashvili O'zbekistonga kelib, dastlab ayni paytda “Paxtakor” klubini boshqarayotgan do'sti SHota Arveladze bilan birga bo'ldi va undan murabbiylik bo'yicha o'ziga yarasha tajriba oldi. So'ngra Kobiashvili Andijonga safar uyushtirdi. U erda sobiq futbolchini andijonlik ashaddiy muxlislar iliq kutib oldi va o'z davrining etuk hujumchilaridan biri bo'lgan Baxtiyor Hamidullaev bilan uchrashtirib, mehmondo'stlik ko'rsatishdi.
Kecha PRO-Liganing 5-turidan o'rin olgan “Andijon” – “SHo'rtan” o'yinini Kobiashvili andijonlik sobiq futbolchi Baxtiyor Hamidullaev hamrohligida birga kuzatib bordi. Uchrashuvdan so'ng Tengiz yana Toshkentga qaytib ketdi.
Fikrlar