So’nggi yangiliklar

08:28EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  2 07:56Қўқондаги «Марказий» стадиондаги қурилиш ишлари қандай кетмоқда?  3 07:25Бугун Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Осиё кубогидаги юришини бошлайди  6 02:55ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ғалаба қозонди, "Милан" эса мағлуб бўлди  17 02:45АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида сўнгги дақиқаларда ғалабани бой берди  23 01:06"Арсенал" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  1 00:39ЕЧЛ. "Брюгге" 90+4 дақиқада урилган гол эвазига дастлабки ўйинда "Аталанта"дан устун келди  9 00:07"Реал" ва "Манчестер Юнайтед" Лукеба учун курашади  1 23:08Кунденинг 2022 йилги трансфери сабаб "Барса"ни судга беришди. Агент унга 3 млн евро тўламаганликларини таъкидламоқда  3 22:36"Челси" "Атлетико" футболчиси учун 70 млн евро таклиф қилишга тайёр  0 22:06Кай Хаверц мавсум сўнггига қадар сафдан чиқди  3 21:24Назорат ўйини. "Бухоро" Туркияда Қозоғистон жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  3 20:57Назорат ўйин. ОКМК Туркияда Грузия жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  1 20:20Деку: "Манчестер Сити" 200 млн евро сарфлади, аммо "Барселона" бунга қодир эмас"  29 19:47ЎФА навбатдан ташқари сайлов Конгресси 22 февраль куни бўлиб ўтади  8

Teng kurashlar ostida kechgan “Navbahor” – “Nasaf” o'yini haqida Yangiliklar

Teng kurashlar ostida kechgan “Navbahor” – “Nasaf” o'yini haqida

Teglar :  NasafNavbahor
19 mart kuni O'zbekiston Superligasida 3-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Soat 18:30 da turning ikki bahsi boshlandi.

Navoiyda “Qizilqum” jamoasi “So'g'diyona”ni mehmon qilgan bo'lsa, Namanganda “Nasaf” “Navbahor” mehmoni bo'ldi. Qizig'i, mazkur o'yinlarning ikkisida ham durang natijasi qayd etildi. SHunday bo'lsa-da jamoalar maydonda ajoyib o'yin namoyish etib berishdi. Biz Namanganda bo'lib o'tgan o'yinga to'xtalamiz. 




Teng kurashlar ostidagi o'yin: 1-bo'lim haqida

O'yinning ilk daqiqalari anchagina qiziqarli tarzda start oldi. Ilk xavfli hujumni namanganliklar amalga oshirishdi. Uchrashuvning 4-daqiqasida “Navbahor” azolari oldinga o'tishdi. Stoyanovichning o'ng qanotdan uzatilgan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, biroq to'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi. Qarshiliklar ham shundan so'ng oldinga o'tishni ko'paytirishdi. Dastlab, Oybek Bozorov qulay vaziyatdan foydalana olmagan bo'lsa, Husayin Norchaevning uzoqdan bergan zarbasi o'z maqsadini bajara olmadi. SHundan so'ng, o'yin asosan maydon markazida bo'ldi. Goh u jamoa, goh bu jamoa oldinga o'tib turdi. Bo'lim so'nggilarida ham bir qator xavfliroq hujumlar bo'lib turdi. Ayniqsa, 38-daqiqada Oybek Bozorov chap qanotdan kirib borib, to'pni bo'sh turgan sherigiga uzatgan edi, lekin O'tkir Yusupov bunga yo'l qo'ymadi. Agar shu vaziyatda to'p o'tganida hisob ochilishi ham mumkin edi.




Teng kurashlar ostidagi o'yin: 2-bo'lim haqida

2-bo'lim birinchisidan ham qiziqarli tarzda start oldi. Namanganliklar xavfli hujumlar uyushtitishni boshlab yuborishdi. 48-daqiqada Ivan Solovyov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, bosh hakam bu vaziyatda penalti yo'q deb topdi. Bu vaziyatda chindan Solovyov yiqildimi yoki yiqitildimi, ushbu holat jarima maydonchasi ichida bo'ldimi, yo'qmi, bunisi yaxshi ko'rinmadi televizor orqali ko'rgan insonga. Kameralar birozgina kechikdi ushbu vaziyatni tasvirga yaxshiroq olishga. Slavish Stoyanovich ham bir necha imkoniyatlarga ega bo'ldi. Dastlab, jarima maydonchasi ichkarisiga yorib kirib, gol ura olmagan bo'lsa, 67-daqiqada uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Umid Ergashev qaytarib yubordi. Keyin ham “Navbahor” oldinga borishdan charchamadi. 17 752 nafar muxlis qarshisida namanganliklar gol urish uchun qattiq harakat qilishdi. 78-daqiqada “Nasaf”da ham bir xavfli vaziyat yuzaga keldi. Biroq SHokir Yo'ldoshevning zarbasiga aniqlik etishmadi. SHundan so'ng aytarli xavfli vaziyat yuzaga kelmadi va teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda har ikki jamoa ham 1 ochkoga ega chiqishdi.

Malumot uchun, “Navbahor” jamoasi ushbu mavsumda o'z uyida hali-hamon g'alaba qozonmadi. “Nasaf” esa ushbu mavsumda hali biror o'yin g'alabaga erishmadi.  




Murabbiylar fikri

Video. "Navbahor" - "Nasaf". O'yindan keyingi matbuot anjumanida murabbiylar nima deyishdi?          

Video. Viktor Jalilov: "Hakamlar natijaga tasir ko'rsatadigan xatoga yo'l qo'yishdi, deb o'ylamayman"        



Abramov Namanganda!

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov “Navbahor” – “Nasaf” o'yinini stadiondan kuzatib bordi. Malumot uchun, Vadim Karlenovich MTJning mart oyidagi yig'iniga “Navbahor”dan Azimjon Ahmedov, “Nasaf”dan esa Abduvohid Nematov, Oybek Bozorovlarni chaqirgan.




4-tur oldidan

2 aprel kuni “Navbahor” jamoasi Olmaliqda AGMK jamoasi mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinga har ikki jamoa ham bir xil holatda etib keladi. 3 o'yindan so'ng, 1 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyatga erishgan jamoalar o'rtasidagi bahs 2 aprel kuni, soat 18:30 da bo'lib o'tadi.

“Nasaf” esa o'z maydonida Yaypanning “Turon” klubini qabul qiladi. Hozirgi vaqtda yaypanliklar 1 ochko bilan 13-o'rinni egallashgan bo'lishsa, “Nasaf” jamoasi 2 ochko bilan 11-pog'onani band etgan. Ushbu bahs 3 aprel kuni, soat 18:30 da start oladi.





Og'abek Samisov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика