Ten Xag yozda MYUda ish boshlashni juda ham xohlamoqda
03 mar 2022 12:32
Yangiliklar
Ten Xag yozda MYUda ish boshlashni juda ham xohlamoqda
Erik ten Xag yozda "Manchester Yunayted"ni boshqarmoqchi.
"Ayaks" murabbiyi yozda MYUga ketmoqchi, Amsterdam klubi uning rejalaridan xabardor. Ten Xag faol tarzda ingliz tilini o'rganmoqda va MYU bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko'rish uchun saboq olmoqda.
Qayd etish kerakki, o'tgan yozda ten Xag "Tottenxem" bilan muzokaralar olib bordi. Uning London klubida ishlashidagi jiddiy to'siq til bo'ldi.
"Manchester Yunayted" yaqin haftalarda 52 yoshli mutaxassis bilan gaplashadi va ular mutaxassisning Manchester klubida o'z o'rnini topishini xohlashmoqda.
Fikrlar