Ten Xag Ronalduning sport formasidan norozi
31 iyu 2022 21:05
Yangiliklar


Ten Xag Ronalduning sport formasidan norozi
Uning aytishicha, portugaliyalik futbolchi juda ko'p mashg'ulot o'tkazishi kerak.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Krishtianu Ronalduning formasiga baho berdi.
"Ronaldu qachon Premer-ligada o'ynay oladi? Ayni paytda men bu savolga javob bera olmayman. U hozir "Manchester Yunayted"ning qolgan futbolchilari darajasida emasligi aniq, chunki u ko'p haftalik mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Unga o'yinlar va ko'p mashg'ulotlar kerak", – dedi mutaxassis.
MYU ayni paytda "Rayo Valekano"ga qarshi o'rtoqlik bahsida o'ynamoqda. Unda Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar