Ten Xag "Manchester Yunayted"dagi ilk mashg'ulotida qatnashdi
28 iyu 2022 20:55
Yangiliklar
Ten Xag "Manchester Yunayted"dagi ilk mashg'ulotida qatnashdi
"Manchester Evening News" Erik ten Xag boshchiligidagi jamoaning mavsumoldi yig'ini birinchi kunini yoritib bordi.
Nashr malumotlariga ko'ra, ten Xag va uning shtabi vakillari Stiv Maklaren va Mitchell van der Gag ertalab soat 8 da klub qarorgohiga kelishgan. Bosh murabbiy kun davomida xodimlar va futbolchilar bilan uchrashuv o'tkazgan.
Futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tib, trenajyor zalida mashq qilishgan, tushdan keyin esa futbol maydonida ikki soatlik mashg'ulot olib borilgan. Mashg'ulotlarning asosiy qismi to'p bilan ishlashga bag'ishlangan.
Klubdagi manbalarning aytishicha, mashg'ulotlar boshlanishidan oldin Erik ten Xag bir necha daqiqa davomida nutq so'zlagan.
Nashr muxbirlarining xabar berishicha, mashg'ulotlarda fotograflar obektiviga tushmagan Markus Reshford ham ishtirok etgan. Mashg'ulot jarayoni 16:00 da tugagan.
Fikrlar