Ten Xag istefoga chiqsa, qancha tovon puli olishi mumkinligi aytildi
03 noy 2023 19:34
Yangiliklar
Ten Xag istefoga chiqsa, qancha tovon puli olishi mumkinligi aytildi
"Football Insider" nashri agarda Erik ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan ketsa, qancha tovon puli olishi mumkinligini malum qildi.
Unga ko'ra, niderlandiyalik mutaxassis "Yunayted"dan 15 mln evro qabul qilib oladi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2025 yil yozigacha davom etadi. Agarda mankunianliklar murabbiy bilan ushbu mavsumda xayrlashsa, uning shartnoma yakunigacha bo'lgan maoshini to'lab berishga majbur bo'ladi.
Ayni damda ten Xag APLda istefoga chiqishi mumkin bo'lgan murabbiylar ichida "etakchi" bo'lib turibdi.
Fikrlar