Ten Xag "Ayaks"dan kelgan shogirdini qo'yib yuborgisi kelmayapti
10 sen 15:05
Yangiliklar
Ten Xag "Ayaks"dan kelgan shogirdini qo'yib yuborgisi kelmayapti
Etiborli jihati, futbolchi joriy mavsum maydonda 1 (!) daqiqa harakat qilgan.
Erik ten Xag Antonini "Manchester Yunayted"da olib qolishni istamoqda.
ESPN malum qilishicha, "Fenerbaxche" tomonidan bo'layotgan jiddiy qiziqishga qaramay, futbolchining o'zi ingliz klubida qolmoqchi. Braziliyalik ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi va turk klubining qiziqishiga qaramay, "Old Trafford" qolishni afzal ko'rmoqda. Turkiyada transfer oynasi hali juma kungacha ochiq bo'ladi.
Takidlanishicha, jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag 24 yoshli vingerni ketishini istamayapti. Bunga Buyuk Britaniyadagi transfer oynasining so'nggi kunida Jeydon Sancho "CHelsi"ga o'tib ketgani ham tasir qilgan.
Joriy mavsum APL doirasida Antoni "Yunayted" safida 1 daqiqa o'ynagan.
Fikrlar