Ten Hag: "Sancho keyingi qadamni qo'yishi kerak"
21 jan 2023 13:06
Yangiliklar
Ten Hag: "Sancho keyingi qadamni qo'yishi kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag vinger Jeydon Sancho mashg'ulotlarga qaytishi haqida gapirdi.
"Biz bosqichma-bosqich davom etishimiz kerak. Jeydon uchun keyingi qadamni tashlash vaqti keldi. To'g'ri, seshanba kuni u birinchi marta jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi, ammo jamoaviy mashg'ulot – o'yin oldidan so'nggi mashg'ulot", – dedi Erik ten Hag.
Sancho sog'lig'i sababli 22 oktyabrdan beri maydonga tushmayapti. 2021 yilning yozida "Manchester Yunayted" uning uchun "Borussiya" Dortmundga 85 million evro to'lagandi. Biroq Sancho bu mablag'larni oqlaganicha yo'q. Jeydon "Manchester Yunayted" safida 52 ta o'yinda maydonga tushib, atigi 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar