Ten Hag Maguayrning "Vest Xem"ga qarshi o'yinini yuqori baholadi
31 okt 2022 13:58
Yangiliklar


Ten Hag Maguayrning "Vest Xem"ga qarshi o'yinini yuqori baholadi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag Harri Maguayrning o'yinidan mamnun.
"Qizil iblislar" sardori yakshanba kungi Premer-liga o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Markaziy himoyachi 90 daqiqani maydonda o'tkazdi va jamoasiga "quruq" g'alaba (1:0) qo'lga kiritishda yordam berdi.
"Maguayr jarima maydonchasini ajoyib tarzda himoya qildi. U qoyilmaqom o'yinchi, haqiqatan ham sifatli himoyachi. Biz uning jamoa uchun qanchalik muhim ekanini ko'rdik. Men barcha o'yinchilardan va ko'p tanqid qilingan Harri uchun alohida xursandman", – dedi Erik ten Hag o'yindan keyingi intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Harri Maguayr sentyabr oyi boshidan beri ilk bor Angliya chempionati o'yinida ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar