So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Ten Hag Grinvuddan ayblovlar olib tashlanganidan mamnun Yangiliklar

Ten Hag Grinvuddan ayblovlar olib tashlanganidan mamnun

"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Hag hujumchi Meyson Grinvud bilan telefon orqali gaplashdi.

Jamoa ustozi "qizil iblislar"ning niderlandiyalik hujumchisiga undan zo'rlash bo'yicha ayblovlar olib tashlanganidan xursand bo'lganini bildirdi. Premer-liga tomoni ichki tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Futbolchi 2022 yilning yanvar oyida video va tasvirlar internetga joylanganidan so'ng hibsga olingandi. Klub uning maoshini to'liq to'xtatib qo'ygandi. Grinvuddan o'tgan haftada ayblovlar olib tashlandi. Malum qilinishicha, 12 ta guvoh hamkorlik qilishdan bosh tortgan. Ayblovchi tomon esa arizasini aprel oyidan beri qaytarib olish niyatida bo'lgan. SHu sababli bosh murabbiy 21 yoshli futbolchi bilan aloqaga chiqib, uning holatini o'rganishga harakat qildi. "Manchester Yunayted" ayni paytda ichki tergovni olib bormoqda. Bu orqali klubning keyingi qadamlari qanday bo'lishiga qaror beriladi.

Ten Hag futbolchining jismoniy va ruhiy holatini tekshirish uchun u bilan gaplashdi. Murabbiy bungacha u bilan bevosita aloqaga chiqmagan. Bu har safar uchinchi tomon vositachiligida amalga oshirilgan.

Niderlandiyalik mutaxassis Grinvudga uning klubda qolishi yoki ketishi bilan bog'liq yakuniy qarorni faqatgina klub chiqarishini bildirgan.

SHaxsan jamoa ustozi u bilan gaplashgani uchun Meysonning kayfiyati ko'tarilgani aniq. U olti yoshidan buyon "Yunayted"da, u shunchaki ular uchun futbol o'ynash maqsadida maydonga qaytishni istaydi.

Malum qilinishicha, mankunianlarning ayollar jamoasidagi ayrim futbolchilar uning klubda qolishidan noqulaylik his qilishi mumkin. Bu Grinvudning kelajagini boshqa erda qurishi to'g'riroq bo'lishini ko'rsatmoqda. Unda Xitoy klubida o'ynash imkoniyati paydo bo'lishi mumkin.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика