So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  0 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Temurxo'ja Abduxoliqov: “Imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik” Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: “Imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik”

Kecha bo'lib o'tgan “Lokomotiv” – “Fulad” bahsidan so'ng futbolchilar mikst-zonaga kirib o'tishdi. SHu asnoda “Lokomotiv” hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov bilan suhbatlashdik.
- O'yinni o'zingiz ham ko'rdingiz, yutadigan raqib edi. Imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Biroz omad etishmadi. Gol urishda biroz oqsayapmiz. O'ylaymanki kelgusida hammasi yaxshi tomonga o'zgaradi – deya gap boshladi Abduxoliqov.

- G'alabani saqlab qolish uchun jamoaga nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- Tartibmi...? Bilmadim. Biz yana bitta gol urishimiz kerak edi. SHunda hammasi o'zimiz istagandek kechardi. Eng asosiysi vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Uchrashuv davomida o'ng qanot yarim himoyasiga o'tib ham xarakat qilganingizni ko'rdik. Bu murabbiyning ko'rsatmasi edimi?
- Etibor bergan bo'lsangiz o'yinni ikkita hujumchi bilan boshladik. Bunday paytda bitta hujumchi kerak bo'lsa qanotga yoki markazga o'tib, yordam berishi kerak. Bu o'ziga xos taktika edi. Bir joyda “qotib” qolish kerak emas.

- Sizda yangi jamoaga kirishib ketish jarayoni qanday kechmoqda?
- Umumiy jamoaga moslashib ketishim qiyin bo'lmadi. Deyarli barcha futbolchilar bilan oldindan tanish edik. Ammo o'yinga to'liq moslashib ketish uchun biroz vaqt kerak. Yana bir nechta uchrashuvlardan so'ng hammasi ko'ngildagidek kechishiga ishonaman. Mana bugun OCHLdagi ilk ochkoimizni qo'lga kiritdik. Kelgusi uchrashuvlarda g'alabamizni ham nishonlashga astoydil urinamiz.

- Eronning “Fulad” jamoasi bugun sizda qanday taassurot qoldirdi?
- “Fulad” yaxshi, intizomli jamoa ekan. Menimcha hamma Eron klublari shunday. O'ylaymanki guruhdan chiqishga kuchimiz etadi. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Muhimi keyingi uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, 100 foizli natija qayd etish kerak.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика