So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  5 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3

Temurxo'ja Abduholiqov: “Xorvatiya chempionati men uchun ko'prik” Yangiliklar

Temurxo'ja Abduholiqov: “Xorvatiya chempionati men uchun ko'prik”

“Paxtakor” klubining tarbiyalanuvchisi Temurxo'ja Abduholiqovning Xorvatiya chempionatiga ketganidan xabaringiz bor. Hujumchi Splitning “Xayduk” jamoasida to'p surayotgandi.
Yaqinda chempionat yakunlanganidan so'ng u Toshkentga qaytib keldi. Hamyurtimiz Xorvatiyada bronza medalini qo'lga kiritdi. “Dinamo” (Zagreb), va “Osiek” jamoalaridan keyin “Xayduk” 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Abduholiqov esa 8ta uchrashuvda maydonga tushib faqat bir marta gol urdi. Yani, Zadar”ni 3:1 hisobida enggan o'yinda Temurxo'ja hisobni ochib berdi. Umuman, yangi mamlakat va yangi chempionat bo'lganligi sababli boshida muhitga moslashishi qiyin kechdi. Buning ustiga Abduholiqov Evropaga ketgandi. O'ylaymizki, u bilan suhbat beetibor qoldirmaydi.  

- Salom, Temurxo'ja! Ishlaringiz yaxshimi?
- Yaxshi rahmat.

- Xorvatiya chempionatida to'p surgan birinchi o'zbekistonlik o'yinchi sifatida qanday xotiralar qoldi?
- Taassurotlarim yaxshi. Evropada to'p surish har bir futbolchi uchun oldinga tashlangan qadam deb o'ylayman. Negaki, hamma yaxshi biladi, u erdagi futbol har jihatdan bizdan oldinda. Ming marta eshitgandan ko'ra, bir marta ko'rgan afzal deyishadi. Evropa futbolini o'z ko'zim bilan ko'rib, yana bir bor qoyil qoldim. 

- O'zingiz istagan joyga borganingiz uchun qoniqish hosil qilganingiz ko'rinib turibdi.
- Agar kasbingizni sevmasangiz oldinga intilish bo'lmaydi.



- “Xayduk” mavsumni 3-o'rinda yakunladi. Bundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, klub oldiga qo'yilgan vazifa bajarildimi yoki...
- Vazifa qisman bajarildi. Aks holda bosh murabbiy Igor Tudor bilan shartnomani uzaytirishmagan bo'lardi. SHu sababli maqsadga erishildi deb o'ylayman. Lekin bu savolingizga to'liq javob bera olmayman. CHunki yil boshidan qatnashmaganim bois aslida qanday ekanligidan xabarim yo'q. 

- U erda bitta gol urdingiz. Umuman olganda, ishtirokingiz xususida nimalar deya olasiz?
- O'yinimda o'sish bo'layotganini sezdim. U erda futbolga bo'lgan munosabat professional darajada. Har bir ish to'g'ri yo'lga qo'yilganligi meni xursand qildi.

- O'yin davomidagi muhit ham boshqacha bo'lsa kerak-a?
- SHubhasiz. Xorvatiyada muxlislar futbolni deb yashayotgandek tasavvur uyg'onadi. Ular uchun go'yoki futboldan boshqa narsa yo'qdek. Har doim stadion muxlislar bilan 80-90 foizga to'ladi. Mamlakatda futbol havosi “qaynoq” ekanligini sezish qiyin emas.

- Uchrashuvlar davomida sizga bo'lgan munosabat va etiborni qanday his etdingiz?
- Meni juda yaxshi kutib olishdi, hamma narsa qoniqarli edi.

- Aytmoqchimanki, Xorvatiya chempionati orqali faoliyatingizda yangi sahifa ochildi. SHu sababli nimasi bilandir esda qolarli bo'ldimi?
- Albatta. Yoshligimdan Evropa maydonlarida to'p surishni orzu qilardim. Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Franciya kabi kuchli chempionatlarda o'ynashni hamma orzu qiladi. Men esa boqsichma-bosqichma o'z maqsadimga erishmoqchiman. O'zbekiston chempionati orqali to'g'ridan-to'g'ri kuchli chempionatlarga yo'l olishning iloji yo'q. Buning uchun Angliya, Ispaniya kabi chempionatlardan saviyasi biroz pastroq bo'lgan Xorvatiya, Vengriya singari mamlaktalarda to'p surib o'zini ko'rsatish kerak. Bu biz uchun ko'prik vazifasini bajaradi.



- Splitda sizga alohida uy ajratilganmi?

- Menga alohida uy berishgan. Bir so'z bilan aytganda, barcha shart-sharoitlarni yaratib berishgan, bu borada muammoning o'zi yo'q.

- Ortga qaytayotganingizda jamoangiz bilan qanday xayrlashdingiz?
- Uchrashguncha! CHunki hech kim bilan xayrlashmadik, 9 iyun kuni yana Splitda to'planamiz. SHuning uchun hammaga uchrashguncha dedik. Dastlabki 20 kun davomida o'z qarorgohimizda shug'ullanamiz. Keyin ikki haftaga Germaniyami, Sloveniyami, xullas qaysidir mamlakatga borib yig'in o'tkazamiz.

- Xorvatiyadagi ilk o'zbekistonlik futbolchi bo'lganingiz uchun sizga bo'lgan qiziqish yuqori bo'lganligi haqida eshitdik. O'z navbatida sizga ham yurtimiz futboli xususida ko'plab savollar berishgandir?!
- Ha. Gazeta, televideniya, sayt vakillari bir necha bor intervyu olib O'zbekiston qanday mamlakat, u erdagi futbol qanaqa kabi o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi. Har bir suhbatda xolis javob berishga harakat qildim. U erdagi ommaviy axborot vositalarining tasir kuchi katta. SHuning uchun matbuot sohasida ham rivojlanish yaqqol bilinib turadi.



- “Xayduk” tarkibida bir qator futbolchilarning o'z jamoalari bilan jahon chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda, to'g'rimi?
- Jamoadoshim Avdiya Vrshaevich Bosniya terma jamoasida to'p suradi. O'ylashimcha u jahon chempionatida o'ynaydi. SHuningdek, Xorvatiya termasiga nomzod o'yinchilar ham bor. Ammo ular Braziliyaga boradimi-yo'qmi, bilmayman. Faqatgina jahon chempionati boshlanganidan keyin malum bo'ladi. Lekin Vrshaevich Bosniyaning asosiy tarkibida maydonga tushadi.

- ”Xayduk”dagi eng yaqin do'stingiz kim?
- Do'stimda gruziyalik Georgiy Iluridze edi. Lekin u mavsum oxiriga etmasdan jamoadan ketdi. SHuningdek, KotdIvuarlik futbolchi bilan ham yaqin munosabatda bo'ldim.

- Xorvatiyaga borgan dastlabki paytlaringizda yangi mamlakatga ko'nikish borasida jiddiy muammolar bo'lmadimi?
- Rosa sezildi. U erga borganimdayoq tomog'im og'rib isitmada yurdim. 10 kun davolanishimga to'g'ri keldi. Bu orada uchta o'yinni o'tkazib yubordim. SHuni ham aytishim kerakki, u erga moslashish jarayoni men uchun qiyin kechdi. O'ylaymanki, endi barchasi ortda qoldi.

- Moslashish jarayoni qiyin kechdi deganingizda asosan nimalarni nazarda tutyapsiz?
- Oziq-ovqat masalasida. Keyin Xorvatiyada ob-havo ham aldamchi. Zagrebda qish bo'ladi. Ammo Splitda bunday emas. Ko'chaga chiqqan paytingizda albatta qo'lingizda nimadir bo'lishi kerak. CHunki birdaniga yomg'ir yog'ishi, shamol esishi yoki sovuq tushishi mumkin. O'zbekistonda to'rtta faslga ko'nikkanman. U erda esa faqat ikkita fasl bor. Yozda doimgidek issiq bo'ladi. Birinchi marta uyimdan tashqariga ketdim. Musofir yurtda yolg'iz yashash juda qiyin bo'lar ekan. Eng yomoni aynan shu narsadan qiynaldim.

- Xorijdagi dastlabki faoliyatingiz bo'lgani sababli boshida ko'nikishingiz qiyin kechgani tabiiy. CHunki ularning muhitini yaxshi bilmasdingiz. Endi bo'lsa qaytib borganingizdan keyin bunday muammolarga duch kelmasangiz kerak?
- Endi o'rganganimda qaytib keldim. O'tgan vaqt davomida nima qaerda hammasini bildim. O'ylaymanki, ko'nikib bo'ldim.

- Igor Tudorning sizga munosabati qanday?

- Futbol o'ynagani uchun futbolchilarni yaxshi tushunadi. Hozircha hammasi joyida.

- Zagrebning “Dinamo” jamoasi bu yil ham chempion bo'ldi. Uning safidagi Alen Xalilovich esa “Barselona”ga o'tib ketdi...
- Ha, u bizga qarshi to'p surdi.



- Yani, “Dinamo”ga qarshi uchrashuvlar qanday kechdi?
- Ikkita etakchi jamoa o'rtasidagi o'yin shiddatli o'tdi. O'zaro uchrashuvdagi muhitni bir so'z bilan tasvirlab bera olmayman. Butun stadion “Xayduk” uchun muxlislik qilishdi. Afsuski, 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradik. SHundan keyin chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatimizni deyarli yo'qotdik. Rostini aytsam, “Dinamo” haqli ravishda g'alaba qozondi. Xalilovich esa o'shanda zahiradan maydonga tushdi. O'yinning oxirida Alen bo'sh qolgan darvozaga gol urdi. Bungacha hiosbda ortda qolayotganimiz uchun vabankka borishga majbur bo'lgandik. Natijada ular qarshi hujumda bizni jazoladi. Men ikkinchi bo'limda maydonga tushdim.

- Uning “Barselona”ga o'tgani katta qiziqishga sabab bo'ldi. CHindan ham u o'ta iqtidorlimi?
- Alen Xalilovichdagi istedod sezilib turdi. Biroq uning o'yin uslubini yaxshilab ko'rganim yo'q. Lekin “Barselona” u bilan shartnoma tuzdimi, demak chindan ham katta iqtidorga ega.

- “Xayduk” tarkibida raqobat sizga qo'shimcha qiyinchilik tug'dirdimi?
- Evropa jamoasi bo'lganligi sababli raqobat kuchli. Eng muhimi, sog'lom raqobat mavjud. SHuning uchun chidasa bo'ladi. Jamoaga teng kuchli futbolchilarga yig'ilgan. Kim ko'proq mehnat qilsa o'sha maydonga tushadi.

- Umuman, sizga yoqmagan jihatlari ham bo'ldimi?

-  Yo'q, yomon tomonlarini ko'rmadim.

- O'zbekiston chempionatini kuzatish uchun vaqtingiz bo'ldimi?
- Albatta, kuzatdim. Championat.asia va boshqa saytlar orqali yangiliklardan xabardor bo'lib turdim. Qaerda bo'lishimdan qatiy nazar “Paxtakor”ga muxlislik qilaman.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика