So’nggi yangiliklar

14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  14 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   23 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  8 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7

Temurxo'ja va terma jamoaga munosib yana 6 futbolchi Yangiliklar

Temurxo'ja va terma jamoaga munosib yana 6 futbolchi

O'zbekiston terma jamoasi Jahon CHempionati saralashini yomon o'tkazmayapti.

Samvel Babayan shogirdlari ortda qolgan 4-turdan keyin guruhda Erondan keyin ikkinchi bo'lib turishibdi. Uchta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa-da, jamoada kamchiliklar etarli. Murabbiyning deyarli bir xil futbolchilardan foydalanayotgani muxlislarni hayron qoldirmoqda. Xo'sh, Babayan qaysi futbolchilarga etibor bersa arziydi? Erudit Sport ayni damda terma jamoaga munosib bo'lgan futbolchilar haqida so'z yuritadi.

TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV

Klubi:
Lokomotiv.

Ampluasi: Hujumchi.

Raqobatchilari: Igor Sergeev, Aleksandr Geynrix.

Nega taklif etilishi kerak?

O'zbekiston chempionatida to'purar bo'lib turgan Temurxo'ja hamon JCH saralashining hal qiluvchi o'yinlariga chaqirilgani yo'q. Uch oylab gol urmagan bo'lsa-da, Igor Sergeevning doimiy asosiy tarkibda maydonga tushgani muxlislarga yoqmayapti. Temurxo'ja, shubhasiz, terma jamoada o'ynashga munosib. Murabbiy uni jalb qilsa, raqobat shakllanadi. Hujumchi juda yaxshi formada, buning ustiga Babayan uni juda yaxshi biladi. Temur-xo'ja har tomonlama jamoaga foyda keltira oladi. Buni milliy chempionatda urilgan 20 ta goli ham isbotlab turibdi.

Nega taklif etilmayapti?

Temurxo'ja Xaydukdan O'zbekistonga qaytib kelgandan keyin uni Paxtakorga chaqirishdi, lekin hujumchi poytaxtning boshqa jamoasi Lokomotivni tanladi. Balki shu uchundir uning termaga chaqirilmayotganligi? Agar sabab shu bo'lsa, murabbiy va futbolchi mamlakatning bosh jamoasi manfaati yo'lida shaxsiy munosabatlarni chetga surib qo'yishlari shart.

SHUHRAT MUHAMMADIEV

Klubi:
Nasaf.

Ampluasi: O'ng qanot himoyachisi.

Raqobatchilari: Islom To'xtaxo'jaev, Davron Hoshimov.

Nega taklif etilishi kerak?

Xitoyga qarshi o'yinni istisno qilganda terma jamoamizning oxirgi o'yinlarida o'ng qanot juda bo'sh harakat qildi. CHunki Babayan hech kim tushunmagan va tushuna olmaydigan sababga ko'ra markaziy himoyachi bo'lgan Islom To'xtaxo'jaevni shu qanotda o'ynatdi. Qatar va Eron bilan bahsda bu xato qaror ekanligi yaqqol ko'rindi. CHinliklar bilan bahsda Davron Hoshimov tushirilgach, muxlislar engil nafas olishdi. CHunki Davron Paxtakorda ancha vaqtdan buyon o'ng qanotda o'ynamoqda. Biroq chempionatimizda harakat qiladigan yana bir o'ng qanot himoyachisi borki, Babayan unga etibor bermasligi mumkin emas. Bu Nasaf himoyachisi SHuhrat Muhammadievdir.

Nega taklif etilmayapti?


Savolga aniq javob bo'lmasa-da,  Osiyo Kubogida o'zini ko'rsatgan, faqat chorak finaldagi Janubiy Koreyaga qarshi o'yindagi qo'pol xatosi tufayli SHuhratning Qosimov ketganidan keyin terma jamoadan qadami uzildi. Vaholanki, u qarshiliklar safida OCHL va Oliy Ligada yaxshi o'yin ko'rsatdi. Uning hujumlarga samarali qo'shilishini alohida takidlash joiz. Terma jamoada bir chiziqda bir nechta futbolchining bo'lishi doimo foydali bo'lgan. SHu sabab Muhammadiev ham murabbiylar etiborida bo'lishga munosib nomzod. U tezkorlik borasida mamlakatimizdagi etakchilardan biridir.

FOZIL MUSAEV

Klubi:
Nasaf.

Ampluasi: Tayanch yarimhimoyachisi.

Raqobatchilari: Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Otabek SHukurov.

Nega taklif etilishi kerak?

Terma jamoamizdagi eng kuchli nuqta – tayanch yarimhimoyasi Odil Ahmedovning hisobiga, eng nozik nuqta – tayanch yarimhimoyasi, Odil Ahmedov bo'lmaganda. Eronga qarshi o'yin ko'rsatib berdiki, Odil jamoaning ustuni. Ahmedovsiz markaz bo'shab qoldi. Haydarovning o'yinidagi pasayishni shu kuni Babayan ham sezgandir. SHukurov hali asosiy tarkibda o'ynaydigan darajada barqaror emas. Bir vaqtlar taxmin qilinganidek, Atletikoga o'tmagan bo'lsa-da, Eron chempionatiga borib kelgan Fozil Musaev hamon o'z o'yinini yo'qotmaganini Nasafdagi o'yinlarida isbotlamoqda. U hujumlarni buzish va yaratishda ustasi farang, bo'yi baland bo'lgani uchun standartlar vaqtida bosh bilan ham yaxshi o'ynaydi. Bizningcha, jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega Fozil Musaev terma jamoaga chaqirilishga to'la munosib.

Nega taklif etilmayapti?

Futbolchining Samvel Babayan nazaridan chetda qolayotganligi sababi Musaev to'p suradigan nuqtada bir necha yillardan buyon Aziz Haydarov va Odil Ahmedov juftligi yaxshi harakat qilayotganligi bo'lsa kerak. Ammo Haydarov va Ahmedov bo'lmaganda Musaev jamoa joniga oro bo'lishi mumkin.

SHAVKAT SALOMOV

Klubi:
Buxoro.

Ampluasi: Hujumkor yarimhimoyachi.

Raqobatchilari: Server Jeparov, Marat Bikmaev.

Nega taklif etilishi kerak?


Bir muddat tanaffusdan keyin SHavkat Salomov yana o'z o'yinini topib oldi. Buxorolik futbolchi mahalliy klub sardori va etakchisi sifatida yaxshi mavsumni o'tkazdi. Mirjalol Qosimovdan qaysi futbolchini termaga chaqirishni xohlaysiz, deb so'rashganda, murabbiy Agar sport formasi talabga javob bersa, SHavkat Salomovni. U juda aqlli futbolchi, deb javob bergandi.

CHindanam, o'tgan yili autsayder bo'lgan Buxoro klubi joriy yil aynan uning etakchiligida to'rtinchi o'rinda bo'lib, mavsum kashfiyotiga aylandi. Jamoa yuragiga aylangan Salomov hozirgi kunda Oliy Ligada eng ko'p golli paslarni amalga oshirgan futbolchi bo'lib turibdi. Aynan uning o'yinlari evaziga Buxoro Paxtakorni kubokdan chiqarib yubordi, Lokomotivni mag'lub etdi, Bunyodkordan ochko tortib oldi. Salomov termaga loyiq futbolchi. Vadim Abramov qo'l ostida Yaponiyani safarda mag'lub etgan bahsda ham Salomov o'zini ijobiy tomondan ko'rsata olgan.

Nega taklif etilmayapti?

Salomov asosiy tarkibda o'ynamasa ham, zaxiradan tushib o'yinni kuchaytirish qobiliyatiga ega. Uning termadan taklif olmayotganiga Salomov chizig'ida bosh jamoamizda eng ko'p o'yin o'tkazgan Server Jeparov to'p surayotganligi sabab bo'lishi mumkin. Biroq Jeparov ham bir tekisda to'p sura olmayotgani sir emas.

...

maqolaning qolgan qismini "Erudit Sport" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика