So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Temurxo'ja Abduxoliqovga ehtirom ko'rsatildi Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqovga ehtirom ko'rsatildi

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxorliqov o'tgan mavsum o'z gollarini sonini 100taga etkazib olgandi.

O'tgan yil Superliganing 11-turidan o'rin olgan bahsda "Lokomotiv" "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi maydonga tushib, bu o'yinda  Abduxoliqov raqib darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'lgandi. 

Aynan shu gol tufayli Temurxo'janing O'zbekiston chempionati, O'zbekiston Kubogi, Osiyo chempionlar ligasi va O'zbekiston milliy terma jamoasidagi gollari soni 100taga etib, u ham Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi azosiga aylangandi.

Temurxo'ja Abduxoliqovning 100ta goli:

O'zbekiston chempionati - 71 gol (“Paxtakor” - 22, “Lokomotiv” - 49)

O'zbekiston Kubogi - 14 gol (“Paxtakor” - 6, “Lokomotiv” - 8)

Osiyo chempionlar ligasi - 13 gol (“Paxtakor” - 4, “Lokomotiv” - 9)

O'zbekiston MTJ - 2 gol (Tailand, KXDR)  

O'tgan yil vaziyat shunday bo'ldiki, pandemiya sabab Temurxo'ja Abduxoliqovni O'FA tomonidan taqdirlash imkoni bo'lmadi. SHu bois oradan vaqt o'tib kechagi "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvida O'FA Faxriylar kengashi raisi To'lagan Isoqov stadionimizga tashrif buyurib, o'yindan oldin Temurxo'jani Abduxoliqovni Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi azolariga beriladigan maxsus sovrin bilan taqdirladi. SHuningdek, klubimiz tomonidan futbolchiga zarbof to'n va jamoamiz vakillari imzosi tushirilgan futbol to'pi esdalik uchun topshirildi.

Etibor va ehtiromdan ruhlangan mohir hujumchi kecha ajoyib namoyish etib, raqib darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi va uning goli "temiryo'lchilar"ga 3 ochko keltirdi. Biz Temurxo'ja Abduxoliqovga faoliyati davomida yanada ko'proq gollar urib, jamoamiz g'alabalariga munosib hissa qo'shishini tilab qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика