So’nggi yangiliklar

13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  0 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  2 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  6 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  14 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  22 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  2

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Navbahor"ning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishida qo'limdan kelganicha yordam berishga harakat qilaman" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Navbahor"ning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishida qo'limdan kelganicha yordam berishga harakat qilaman"

Xabaringiz bor, tajribali hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov bugun jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

SHundan so'ng, futbolchi “Navbahor” PFK matbuot xizmati uchun qisqacha intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni etiboringizga havola etamiz.

– Temurxo'ja, avvalo “Navbahor”ga xush kelibsiz! Jamoamiz safiga qo'shilishingiz qay tarzda yuz berdi?


Assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat. Meni “Navbahor”ga klub prezidenti Otabek Arifovich Samatov va jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan taklif qilishdi.

Takidlash joizki, “Navbahor”dan tashqari, yurtimiz hamda xorij klublaridan ham takliflar bor edi. Ammo bir qator omillarni hisobga olgan holda, “Navbahor” taklifini qabul qildim. Jumladan, “Navbahor” yangi mavsumda 3 ta frontda (Soca Cola Superligasi, O'zbekiston kubogi va OCHL) kurash olib boradigan, o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan jamoalardan biri. Qolaversa, “Navbahor”ni 2011 yilda “Paxtakor” tarkibida oliy ligada (2018 yildan Superliga) debyut qilishimda menga ishonch bildirib, katta yordam bergan mutaxassis Samvel Vyacheslavovich boshqarmoqda.

SHuningdek, Namangan futbolsevarlar viloyati ekanligi, muxlislar to'la stadionda o'ynashning gashti boshqachaligi, jamoaning har bir chizig'ida raqobat borligi va raqobat bor joyda o'sish bo'lishini ham inobatga oldim.

O'z navbatida shuni aytish lozimki, Samvel Vyacheslavovichga oliy ligada debyut qilishimda ulkan yordam berganliklari bois, o'sha yaxshiliklarini qaytarish, yani, yangi mavsumda “Navbahor”ning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishida qo'limdan kelganicha, bor kuchimni ishga solgan holda, yordam berishga harakat qilaman.

O'tgan mavsumda jamoa chempionlik unvoni va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishiga bir qadam qoldi hamda biroz omad etishmadi. Bu yil jamoadoshlarim bilan o'tgan yilgi xatolarga yo'l qo'ymaslik va oldimizga qo'yilgan maqsadni amalga oshirishga intilamiz.

– Ayni paytda yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antalya shahrida olib borayotgan yangi jamoadoshlaringiz safiga qachon qo'shilasiz?


Xudo xohlasa, 13 yanvar kuni Antalyaga jo'nab ketaman va yangi jamoam tarkibiga qo'shilaman.




– “Navbahor” muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?


Yangi mavsumda jamoani doimo, har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlab turishsin. Bu bizga kuch-quvvat bag'ishlaydi va biz ularning ishonchlarini oqlashga intilamiz. Baxtimizga muxlislar doimo sog'-salomat bo'lishsin.

Bizning malumot

Temurxo'ja Abduxoliqov
– 1991 yil, 25 sentyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan.

Futbol bilan 9 yoshidan shug'ullanishni boshlagan.

Toshkentdagi MHSK futbol maktabida millionlar o'yinidan tahsil olgan.

Birinchi murabbiyi: otasi – Zoir Abduxoliqov.

Ampluasi: hujumchi.

Futbolchilik faoliyati: “Bunyodkor” (o'rinbosarlar, Toshkent, 2007-2010 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2011-2013 yillar), “Xayduk” (Split, Xorvatiya, 2014 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2015-2016 yillar, 2018 yilning 2-davrasi – 2019 yilning 1-davrasi, 2020-2021 yillar), “Al-Sayliya” SK (Doxa, Qatar, 2017 yil - 2018 yilning 1-davrasi), “Xor-Fakkan” (Xor-Fakkan, BAA, 2019 yilning 2-davrasi), “Qizilqum” (Navoiy, 2022 yil) klublarida o'ynagan.

2023 yildan “Navbahor”da.

Oilali. Uch farzandning otasi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика