So’nggi yangiliklar

15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  0 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Guruhda biz va Saudiya Arabistoni favorit" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Guruhda biz va Saudiya Arabistoni favorit"

Bilasiz, sentyabr oyida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk o'yinini 5 sentyabr kuni safarda Falastinga qarshi o'tkazadi. Ayni paytda Ektor Kuper boshchiligidagi milliy jamoamiz mazkur o'yinga hozirlik jarayonini davom ettirmoqda. Milliy terma jamoamiz hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov O'FA rasmiy saytiga tayyorgarlik jarayoni hamda oldindagi uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jahon chempionati-2022 saralashining ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik jarayonini boshlab oldik. Tarkibdagi barcha yigitlar yig'inga yaxshi kayfiyatda etib kelishmoqda va oldindagi muhim o'yinga jiddiy hozirlik olib borishmoqda.

Guruhimiz haqida gap ketganda, raqiblar ichida Saudiya Arabistoni terma jamoasini favorit, deb hisoblash mumkin. SHuningdek, bizning terma jamoa ham favorit. Biz faqat guruhda 1-o'rinni egallash va keyingi bosqichga yo'l olish uchun kurash olib boramiz. Lekin guruhdan o'rin olgan qolgan raqiblarga ham bepisand qaramaslik lozim. Misol uchun, Falastin terma jamoasining ham qanday o'yin ko'rsatishini oldindan taxmin qilish qiyin. SHu sababdan ham oldindagi o'yinlarga to'liq kuch bilan jiddiy tayyorgarlik olib boramiz.

Yig'inimiz bir hafta davom etadi va so'ngra ikkinchi saralash bosqichidagi ilk o'yinni Falastin terma jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Mazkur bahsga tayyor bo'lish uchun vaqtimiz etarli.

O'z navbatida, biz saralashni muvaffaqiyatli o'tkazishga va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz", - dedi mahoratli futbolchi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика