So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  0 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Futbolchilar Fyodorov uchun o'ynashdi, biz murabbiy istefoga chiqarilishini istamaymiz" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Futbolchilar Fyodorov uchun o'ynashdi, biz murabbiy istefoga chiqarilishini istamaymiz"

Superliga 10-tur doirasidagi "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan keyin o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Temurxo'ja Abduxoliqov bahs haqidagi fikrlarini bildirdi.

- Qarshida hech qachon oson bo'lmaydi. "Nasaf" bilan qiyin o'yinni o'tkazdik. Lekin biz doimo g'alabani ko'zlab kelamiz. Muhimi, ko'zlagan maqsadimizga erishdik. Xursandmiz. Bizga muxlislik qilgan ishqibozlarga rahmat. Terma jamoa? Ochig'i, bu mavzudagi savollardan charchaganman. Savol manzili boshqa joy.

Xudo xohlasa chempionat yakunida to'purarlar ro'yxatida boshchilik qilishga harakat qilaman. Muhimi bu emas, balki jamoam g'alabasi.

O'yindan avvalgi istefo, Babayanning kelishi haqidagi gap-so'zlar? Istalgan futbolchi murabbiyni mavsum davomida olib tashlashsa, unda hijolat his tuyg'usini sezadi. CHunki bizni deb murabbiylar ishdan ketishi mumkin. Natija uchun hech qachon futbolchilarni istefoga chiqarishmaydi. SHu boisdan ham barchamiz Andrey Fyodorov uchun harakat qildi. Bugun murabbiyimiz uchun o'ynadik. Babayan keladimi yoki yo'q, bilmadim. To'g'risi, buni bilmayman. Lekin "Lokomotiv"da hech kim Andrey Fyodorov ketishini istamaydi. Hech bir futbolchi mavsum davomida o'z murabbiyini ishsiz qoldirishni istamaydi. Ayb faqat murabbiyda bo'lmaydi, xatoni barcha qiladi. Lekin tayoq murabbiyning boshiga sinadi. Murabbiylik ishi shunday. Lekin biz jamoamiz va murabbiyimiz uchun o'ynashga harakat qilamiz.

OCHL guruh bosqichidagi muvaffaqiyatsizlik? Hammasini o'zimizga-o'zimiz qildik. Yutib turgan o'yinlarimizda mag'lubiyatga uchradik. Konsentraciyani yo'qotdikmi, yoki omadimiz kelmadimi, bilmadim. Lekin o'yin taraflama hech bir raqib bizni ochiqchasiga yutgani yo'q. Mazkur ishtirokimizni chuqur tahlil qilib chiqish lozim. Mavsum boshida jamoani bir qator etakchi, asosiy tarkib futbolchilari tark etgani ham tasir qildi. Yangi futbolchilarga ko'nikish uchun esa malum vaqt talab etiladi. SHunga qaramasdan harakat qildik. Balki kuchli legionerlar kerakdir. Arab jamoalarida hamma narsani kuchli legionerlar hal qiladi. Bizda esa barcha bir xil saviyada. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика