So’nggi yangiliklar

14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  0 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   1 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  9 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  16

Temurxo'ja Abduxoliqov: "CHorak finalda raqib kim bo'lishining farqi yo'q edi" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "CHorak finalda raqib kim bo'lishining farqi yo'q edi"

Bugun OCHL-2016 chorak finaliga qura tashlanganidan xabaringiz bor.
Unga ko'ra O'zbekistonning "Lokomotiv" klubi BAAning "Al Ayn" klubiga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. Biz qura marosimidan so'ng "temiryo'lchilar" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovning fikrlari bilan qiziqdik.

"CHorak finalga qura tashlanganidan xabarim bor, - deb gap boshladi Temurxo'ja Abduxoliqov. - Bu bosqichda BAAning "Al Ayn" klubiga qarshi o'ynaymiz. Bungacha bu jamoaga qarshi maydonga tushmaganman. To'g'risini aytsam bu bosqichda barcha klublar o'ziga yarasha kuchli. SHu bois kim bilan o'ynashimizning farqi yo'q edi. O'yinga 2 oy vaqt bor. Ungacha raqibni o'rganib, yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

- "Al Ayn" safida kuchli legionerlar va Osiyoning eng kuchli futbolchilaridan biri Umar Abdulrahmon bor...
- "Al Hilol"da ham kuchli futbolchilar va nomlar bor edi. Jamoaviy o'yin namoyish etib bu klubni mag'lub etdik.

- Dastlabki bahs BAAda bo'lib o'tadi. Bu "Loko"ga qanchalik yordam beradi?
- Birinchi safarda yoki uyda o'ynashning u qadar katta farqi yo'q. Faqat shuni bilamanki avgust oyida BAAda havo juda issiq bo'ladi. Qiynalishimiz aniq.

- So'nggi savol, sizningcha OCHLda uzoqroqqacha borishi uchun "Lokomotiv" yozda tarkibini kuchaytirishi kerakmi?
- Bu savol murabbiylar shtabiga berilsa to'g'ri bo'lardi. SHaxsiy fikrimcha shu tarkib bilan shu ergacha keldikmi, undan keyin ham shu tarkib bilan o'ynashga kuchimiz etadi deb o'ylayman.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика