So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  0 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Temur Yafarov: "Mashal-2" 11 kishi bo'lib darvozaga turib oldi Yangiliklar

Temur Yafarov: "Mashal-2" 11 kishi bo'lib darvozaga turib oldi

Birinchi liga o'yinlari yakuniga etishiga ham bitta tur qoldi. Kecha chempionat peshqadami "Oq-tepa" o'z uyida Mashal-2ni qabul qilib, nursiz durang qayd etib asosiy taqibchisi bo'lgan "Obod"ni o'tkazib yubordi.
Natijada "Oq-tepa" 2-o'ringa tushib qoldi va ular katta ehtimol bilan endi oliy ligada 15-o'rinni band etgan jamoaga qarshi pley-off bahsini o'tkazadi. Biz esa "Oq-tepa" sardori bo'lgan Temur Yafarov bilan suhbatlashib, kechagi o'yin haqida fikrlarini so'radik.

- "Mashal-2" butun o'yin davomida himoyalandi. Deyarli 11 kishi bo'lib darvozada turdi desa ham bo'ladi. Hech narsa kerak emas bo'lgan klub o'ligini tashladi va bizni qimmatli ochkolardan mahrum etdi. To'g'risi shu kuni bizga haqiqatdan ham omad etishmadi. G'alaba qozonishni juda-juda istagandik. Sababi oliy ligaga 1-o'rinni egallagan xolda chiqish asosiy maqsadimiz edi.

- O'yinga tayyorgarlik qanday bo'lgandi? Xotirjamlikka berilmadimi yigitlar?
- Balkim... Fikringizga qo'shilaman extimol yoshlarda o'yindan oldin xotirjamlik bo'lgandir. Ammo tajribali futbolchilar vaziyatni juda yaxshi tushunib turgandi. Agarda ochko yo'qotsak, hammasi tamom bo'lishini bilardik. Afsuski asosiy raqobatchimizni o'tkazib yubordik.

- Aksiga olib ushbu oqshom "Obod" safardan g'alaba bilan qaytdi. Sizlar uchun eng alamlisi ham shu bo'ldi. To'g'rimi?

- "Obod"ni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Ular elitaga deyarli chiqdi. CHiqqanda ham haqli ravishda. Ammo biz ulardan kuchli edik. Buni o'zaro ikki uchrashuvda isbotlagandik.

- Keyingi turni safarda o'tkazasizlar. SHunchaki rasmiyatchilik uchun o'ynab qaytasizlarmi? Bunday deyishimizning boisi ko'pchilik Obodning keyingi turda "Kosonsoy"ni mag'lub etishini aytmoqda.
- Nima ham qilardik....Hayot davom etadi. Hozirdan taqdirga tan berish yaxshimas. Oxirigacha kurashamiz. Agarda pley-offda ishtirok etsak, astoydil o'ynaymiz.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика