Temur Yafarov: “Kosonsoy” hurmatga loyiq jamoa!”
20 may 2015 08:00
Yangiliklar
Temur Yafarov: “Kosonsoy” hurmatga loyiq jamoa!”
O'zbekiston Birinchiligining 9-turidan o'rin olgan “Oq-tepa” – “Kosonsoy” uchrashuvi yakunlangach, mezbonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Temur Yafarov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bu uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Boisi, “Kosonsoy” musobaqa peshqadami bo'lib turgandi. Biz davralar oralig'iga birinchi o'rinda chiqib ketishni maqsad qilgandik. Buning uchun bugun g'alaba qozonish lozim edi. Xudoga shukr, yigitlar xarakter ko'rsatishdi va so'nggi daqiqalarda g'alaba qozondik.
Oldimizga jiddiy vazifa qo'yilgan. Buning uchun har bir o'yinda yutuqqa erishishimiz shart. “Paxtakor-2”, “Cementchi”ga qarshi o'yinlarda muhim ochkolarni yo'qotgandik. Endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q.
“Kosonsoy” haqida iliq fikrlarni bildirishim mumkin. Bu jamoa bekorga peshqadamlar safida yurmayotganligini bugun ko'zim bilan ko'rdim. Kosonsoydagi javob o'yini yanada qiziqarli kechishiga shubha yo'q.
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar