So’nggi yangiliklar

15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  0 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11

Temur Turdiev: "Jamoani kuchaytirmasak qiyin bo'ladi" Yangiliklar

Temur Turdiev: "Jamoani kuchaytirmasak qiyin bo'ladi"

Pro liganing sakkizinchi turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Yangier" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Temur Turdiev fikrlarini bildirib o'tdi.





"Yaxshi o'yin bo'ldi. Faqat so'nggi daqiqalarda futbolchilarga biroz konsentraciya etishmadi. Ikkinchi o'yindirki shunday holat kuzatilmoqda. Yigitlar oldinda kurashlarda ishonchli harakat qilishyapti. Lekin ortga qaytishga ulgura olmayapmiz. O'yin tengkurashlar ostida o'tdi. Birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda raqib o'zi yaratgan vaziyatlarni golga aylantira oldi",-  deydi Temur Turdiev.

- Bugun avvalgi o'yinlarga qaraganda rotatciyalar ko'rdik...

- Tarkibdagi o'zgarishlarga kelsak, birinchi bo'limda raqibni to'psiz o'ynatib charchatib, ikkinchi bo'limda yangi kuchlarni tushirmoqchi edik. Rejamiz qisman ish berdi. O'ylaganlarimiz amalga oshdi. So'nggi daqiqalarda diqqat etishmadi. 

 - Nima deb o'ylaysiz, birinchi gol yigitlarni orqa chiziqda harakat qilishiga olib keldimi? 1:1 bo'layotgan vaziyatda feyr-pley bo'lishi kerak edi...

- Ular hujumni davom ettirishdi. Futbolchimiz boshini ushlab turgan vaziyatda o'yinni to'xtatiladi. Bosh insonning muhim azosi. Hakamlar qo'mitasi bor. Ko'rib chiqishadi. Futbolchining feyr-pleyga amal qilishi yoki qilmasligi o'ziga bog'liq?

- Ikkinchi davrada tarkib kuchaytiriladimi?

- Transferlarga iyul oyida to'xtalishimiz mumkin. Hozirgi vaziyatda ruhsat yo'q. Jamoani kuchaytirmasak qiyin bo'ladi.

Javlon Pirimbetov ko'p vaqt zaxirada qolgani bois unga imkoniyat berdik. Markazda raqib futbolchilarini charchatishi kerak edi. Rasul Musaev yuz foiz tayyor emas. Navbatdagi bahsga qadar munosib tayyorlanamiz. Muxlislarimiz qo'llab-quvvatlashda davom etishmoqda. Ularga rahmat aytaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика