So’nggi yangiliklar

00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:20"Интер" — "Урава Ред Даймондс". Таркиблар маълум  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  16 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  8 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

Temur Sultonov: “Oloy”dagi faoliyatimdan ko'nglim to'lmoqda” Yangiliklar

Temur Sultonov: “Oloy”dagi faoliyatimdan ko'nglim to'lmoqda”

2003 yili yoshlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati ishtirokchisi Temur Sultonov bugungi kunda qo'shni Qirg'izistonda faoliyat olib bormoqda. O'shning “Oloy” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan namanganlik himoyachi bilan yaqinda suhbatlashdik.

- “Oloy”dagi ayrim legionerlarimiz klub bilan xayrlashgani haqida eshitdik. Sizning keyingi taqdiringiz qanday kechishi borasida rahbariyat bilan gaplashib oldingizmi?

- Ha, ayni damda “Oloy”da  o'zbeklardan men bilan birga Ulug'bek Mo'minov qolgan xolos. Timur Vasilev, Rustam Azamov, Artur Parvanov singari o'yinchilar extimol bu yil mamlakatimizda faoliyat yuritishni rejalashtirgandir. To'g'risi, bundan xabarim yo'q. Bosh murabbiy Andrey Vlasichev ham ketgan. Uning o'rnida boshqa mutaxassis ish olib bormoqda. O'zimni esa yana bir yillik shartnomam mavjud bo'lib, joriy mavsumni ham qo'shni mamlakatda davom ettiradigan bo'lib turibman. 

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qay darajada bo'lmoqda?

- Hammasi ko'ngildagidek. Yaqinda Turkiyada bo'lib qaytdik. U erda yig'in tashkil etildi. Rahbariyat imkon qadar sharoitlarni yaxshilab borishga urinmoqda. 

- Faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Ha, qoniqyapman. Asosiysi etarlicha o'yin amaliyoti bo'lmoqda. Futbolchi uchun aslida ham shu birinchi o'rinda tursa kerak.

 

- O'zimizning oliy liga bilan Qirg'iziston Top-Ligasini taqqoslab ko'rdingizmi?

- Agarda solishtirish kerak bo'lsa, menimcha u qadar katta farq yo'q. Top-Ligada ham jiddiy kurash kechadi. 

- Moddiy jihatdanchi?

- Bu borada ham oz-moz farq bor.

- Sobiq jamoangiz “Navbahor”da yuz berayotgan o'zgarishlar bilan tanishib borayotgan bo'lsangiz kerak?

- Albatta. Nafaqat Namangan jamoasidagi yangiliklar bilan balki o'zbek futbolidagi voqealar bilan xabardor bo'lib bormoqdaman. Bugungi kunda internet saytlari orqali qaysi klubda qanday o'zgarish bo'layotganini bilib borish qiyin emas. 

- “Lochinlar” ustoziga aylangan Rashid G'ofurov bilan ilgari birga o'ynagansiz. Uning fikricha eng avvalo mahalliy futbolchilarni ko'rikdan o'tkazib, jamoaga qaytarish asosiy maqsadlardan biridir. Xo'sh, G'ofurov siz bilan bu borada bog'lanmadimi?

- To'g'ri aytasiz, Rashid aka bilan oldin “Navbahor”da ajoyib damlarni o'tkazganmiz. Futbolchi sifatida ajoyib nom qozongan. Men u paytda asosiy tarkibga endi-endi kirib borayotgandim. G'ofurovning qaytganidan xabardorman. Ammo hozircha bu klubdan menga hech kim aloqaga chiqmadi. 


- “Navbahor”da o'tkazgan faoliyatingizni shirin xotiralar bilan eslab tursangiz kerak?

- Nimasini aytasiz... Ajoyib damlar edi. Futbolchi sifatida katta o'sishga erishganman. Bu klub tarkibida o'ynab 2003 yili yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempionatiga ham borganman.  


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика