So’nggi yangiliklar

09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  0 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3

Temur Kapadze O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi Yangiliklar

Temur Kapadze O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Endilikda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o'z mahoratini oshirib kelayotgan yaqin o'tmishning etuk futbolchilaridan biri – Temur Kapadze ustozlik qiladi.

Xabaringiz bor, noyabr oyida o'tkazilgan U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralash bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni – O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv OFKning Tartib-intizom va odob-ahloq qo'mitasi tomonidan o'rganib chiqilgach, qita futbol konfederaciyasi O'FAga shikoyat maktubi yo'llab, uchrashuv davomida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylari o'zini noprofessional tarzda tutganliklari va bo'lajak musobaqa uchrashuvlaridan diskvalifikaciya qilinishi mumkinligini malum etgandi. Ushbu noxush holat videotafsilotlari O'FAga kelib tushgach Ijroqo'm O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo'yicha qaror chiqargan edi.

Endilikda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o'z mahoratini oshirib kelayotgan yaqin o'tmishning etuk futbolchilaridan biri – Temur Kapadze ustozlik qiladi. Temur Kapadze O'zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

Yoshlarimizning ushbu chempionatgacha bo'lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Unga ko'ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to'g'ri kelmaydi. SHu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика