So’nggi yangiliklar

15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  0 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  3 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  12 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  43 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   21 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  4 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  34

Temur Kapadze: “Men hech qachon terma jamoada statistika uchun o'ynamaganman” Yangiliklar

Temur Kapadze: “Men hech qachon terma jamoada statistika uchun o'ynamaganman”

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 so'nggi 3-saralash bosqichida o'z guruhida 4 uchrashuv o'tkazib 9 ochko jamg'argan holda ikkinchi pog'onani egallab turibdi.

Biz O'zbekiston milliy terma jamoasida to'p tepgan terma jamoamizning sobiq futbolchisi Temur Kapadze bilan mundial saralashi haqida suhbatlashdik.

-  To'g'risini aytish kerak, ushbu bosqichda kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Buni guruhdagi 3 ta o'yin ham ko'rsatib turibdi. Eron terma jamoasiga qarshi uchrashuvga keladigan bo'lsak, menimcha, biz birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarda kurashlarni boy berdik. O'sha kuni terma jamoamizning o'yini umuman o'xshamadi. Bunga forslar ham sabab bo'ldi. To'g'ri, oxirgi paytda hujum chizig'imiz ancha sustlashib qolgan. Balki, Igor Sergeev o'z sport formasida emasdir. Lekin hozir terma jamoaga jalb qilingan ichida boshqa hujumchi yo'q. Aleksandr Geynrix ikkita o'yinda g'alabaga katta hissa qo'shdi. Sariq kartochkasi 2 taga etgani bois Xitoy terma jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushmadi. Lekin terma jamoada unga o'xshagan tajribali futbolchilar bor. Xitoyga qarshi o'yinda ular o'zlarini ko'rsatishdi va biz g'alabani naqd qildik.

-  Siz Xitoy terma jamoasiga qarshi ko'p o'yin o'tkazgansiz. Hozirgi tarkibi bilan oldingi tarkibini solishtirganda qaysi biri kuchli deb hisoblaysiz?

-  Ochig'i, hozirgi tarkibda kimlar to'p tepayotganini bilmayman. Lekin so'nggi o'yinlarda Xitoy terma jamoasida ham muammolar borligi ko'rinib turibdi.

-  Siz terma jamoada 119 ta o'yin o'tkazgansiz. Server Jeparov bu rekordni yangiladi.

-  Men hech qachon terma jamoada statistika uchun o'ynamaganman. Men uchun terma jamoamizning g'alabasi har doim birinchi o'rinda turgan. Agarda statistikaga etibor qaratganimda, hozir ham terma jamoa safida to'p tepayotgan bo'lar edim. Server Jeparovga keladigan bo'lsak, albatta, bundan xursandman. Unga omad tilayman.


-  Siz faoliyatingizda hech qachon qizil kartochka olmagansiz, to'g'rimi?
-  Albatta, sariq kartochkani istalgan futbolchi olishi mumkin. Ammo faoliyati davomida qizil kartochka olmagan futbolchilar kam uchrasa kerak. Bu ham o'ziga yarasha ijobiy statistika.

-  Ayni damda terma jamoamizning imkoniyatlari haqida nima deya olasiz?

-  Xitoy terma jamoasini mag'lub etganimizdan so'ng imkoniyatlarimiz ancha yaxshilandi.

-  Keyingi turda Janubiya Koreya terma jamoasi mehmoni bo'lamiz...

-  Janubiya Koreyaga qarshi uchrashuv juda ham qiyin bo'ladi. Lekin ular bilan o'ynasa bo'ladi. Oldinda yana bir nechta o'yinlar bor. Xitoy bilan bo'lgan o'yin biz uchun juda ham muhim edi. Bu o'yinda g'alaba qozonib 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Janubiya Koreya har doim  kuchli bo'lgan.  O'ylaymanki, terma jamoamiz ushbu uchrashuvda yaxshi harakat qilsa, safardan ijobiy natija bilan qaytsa bo'ladi.

-  Bilamizki, siz Filippinga qarshi o'yinni tv orqali sharhlagansiz. Siz uchun uchrashuvni 90 daqiqa sharhlash qiyin bo'lmaganmi?

-  To'g'risini aytsam, ilk marotaba sharhlash qiyin bo'lgan. Lekin 90 daqiqa maydonda to'p tepish undan ham qiyin. CHunki bu juda katta mehnat  talab etadi. Aytmoqchimanki, har bir sohani o'z qiyinchiliklari bor.

-  Bizda xorijlik legioner futbolchilar keraklicha topiladi. Legioner futbolchi mahalliy futbolchidan bir bosh baland bo'lish, kerak, aslida. Lekin chempionatimizda harakat qilayotgan legionerlar mahalliy futbolchi bilan bir xil saviyada harakat qilayotgandek...

-  Albatta, legioner futbolchi mahalliy futbolchidan bir bosh baland bo'ladi. Agar siz boshqa mamlakat chempionatida legioner sifatida harakat qilayotgan bo'lsangiz, xar bir o'yinda sizga boshqacha ko'z bilan qarashadi. Qaysidur jamoa rahbariyati chetdan legioner futbolchini katta mablag' evaziga klubga jalb etsa, albatta undan katta natijani talab qilishadi. Bizning klublarimizda harakat qilayotgan legionerlar u darajada katta mablag' evaziga kelishmagan va ularga qo'yiladigan talablar ham yuqori emas. Endi, albatta, imkoniyatdan kelib chiqib legionerlar jalb qilinadi. “Lokomotiv”da Maxaradze, “Nasaf”da Gevorkyan. Ular yaxshi legionerlar. Agar yomon legioner bo'lishganida, ularni bir yiliyoq javob berib yuborishardi. Ularning o'z jamoasiga foydasi tegyaptiki, shu kungacha o'z jamoasi sharafini himoya qilib kelishmoqda. Gevorkyan ham deyarli o'zbek bo'lib ketdi (kulib). Maxaradze ham necha yildan beri O'zbekistonda yashayapti. Menimcha, o'zbek tilini ham bilishsa kerak. Nemanya Yanichich ham, mana, ikkinchi yildirki, jamoamiz safida to'p tepyapti.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика