Temur Bekchonov: “Yoshlarga tajriba yetishmayapti”

Narzulla Saydullayev
1 may 2016, 11:48
Birinchi liganing 6-turidan o'rin “Xorazm” – “Zomin” (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlarning yetakchi o'yinchilaridan biri Temur Bekchonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Futboda kamroq xato qilgan jamoa yutadi. Bu yil tarkibimiz nisbatan yosharganligi sababli tajriba yetishmasligi pand bermoqda. Chunki ayrim o'yinchilarimiz bungacha katta futbol havosidan nafas olmagandi. Qolaversa jamoaviy o'yin ham hozircha to'liq shakllanib bo'lmadi. Mag'lubiyatga sabab shuki, jamoaga birdamlik va g'alabaga bo'lgan ishonch yetishmadi.

- “Zomin” jamoamiz uchun har doim noqulay raqib bo'lib kelgan. Garchi bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi.

Islombek Rustambekov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia