Temmi Abraxam: "Terma borasida bir qarorga kelmadim"
03 okt 2019 22:56
Yangiliklar


Temmi Abraxam: "Terma borasida bir qarorga kelmadim"
"CHelsi" hujumchisi Temmi Abraxam terma jamoa borasida bir qarorga kelmaganini aytdi.
22 yoshli futbolchi Angliyaning yoshlar termasi tarkibida o'ynagan. Biroq unda hali ham Nigeriyaning milliy termasida o'ynash imkoniyati bor.
"Hozircha bir qarorga kelmadim. Ayni damda bor etiborim "CHelsi"ga qaratilgan.
Ikki davlat vakillari o'z termasida ko'rishni istayotgani juda katta sharaf. Angliyani ham Nigeriyani ham sevaman. Biroq hozirda "CHelsi"ni o'ylashim kerak. Bu borada bosh qotirish uchun ham vaqt keladi", - dedi Abraxam.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar