"Temiryo'lchilar"ning "Metallurg" bilan o'yinga tayyorgarligi davom etadi
11 iyu 2020 23:20
Yangiliklar


"Temiryo'lchilar"ning "Metallurg" bilan o'yinga tayyorgarligi davom etadi
15 iyun kuni "Lokomotiv" stadionida Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bir kunlik tatildan so'ng "Loko" futbolchilari yana mashg'ulotlarga qaytishdi. Bugungi mashg'ulot ham TTYMI stadionida olib borildi va barcha ko'tarinki kayfiyatda ishladi.
Andrey Fyodorov shogirdlari "Metallurg" bilan kechadigan o'yinga jiddiy tarzda hozirlikni davom ettirmoqda. Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Metallurg" bahsi 19:00da boshlanadi va "Mahalla" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar