So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Temiryo'lchilar" yangi "mashinist"ga muhtoj Yangiliklar

"Temiryo'lchilar" yangi "mashinist"ga muhtoj

"Lokomotiv" O'zbekiston chempioni sifatida ketma-ket ikkinchi yildirki OCHLda guruh bosqichida qolib ketdi.

Qatorasiga uch yil O'zbekistonda chempionlik shohsupasidan tushmayotgan "Lokomotiv"ga nima bo'lmoqda? Nega jamoa qatorasiga ikkinchi yil nisbatan ancha oson guruhdan o'tishni eplay olmayapti?

Quradan keyin ko'pchilik "Loko" yana qulay guruhga tushgani va bu "kvartet"dan chiqishi lozimligini takidlagandi. Darhaqiqat, jamoa o'tishi kerak bo'lgan raqiblar tushgan guruhdan pley-offga chiqolmadi. Yana o'tgan yilgi xatolar takrorlandi. Mirko Elichich bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Loko" bu yili Andrey Fyodorov bilan buni takrorladi.


Yangi mavsum oldidan "Loko"ni qator etakchi futbolchilar tark etishdi. Ayniqsa o'rta chiziqdagi etakchi futbolchilarning ketishi "Loko"ning o'yiniga tasir etmasdan qolmadi. Aliboev, Maxaradze, Abdullaev singari futbolchilar o'rtada jamoa o'yinini bir maromda o'tishini belgilashda muhim figuraga aylanishgandi. Bu yili esa ushbu ijrochilar o'rni almashdi. Ketganlar o'rnini qoplash uchun Jokich, Iskanderov, Haydarov keldi. Albatta  o'rta chizig'i deyarli butkul yangilangan "Loko"ga o'z o'yinini qurib olishi uchun malum vaqt talab etiladi. Bir qarashda "Loko"da o'yin qurish bo'yicha muammo yo'qdek. "Temiryo'lchilar" yangi mavsumdagi hozirgacha o'tkazilgan barcha o'yinda raqib darvozasini ishg'ol etib kelishmoqda. Yani, jamoaning hujumdagi ishlari joyida. Samaradorlik alo darajada deyish mumkin. Har holda 13 o'yinda 24ta gol urish hazilakam ish emas.

Lekin jamoaning himoya chizig'idagi ishlari ko'ngildagidek emas. Nega?

"Lokomotiv" yangi mavsumda hozirgacha 13ta o'yin o'tkazdi. O'zbekiston Superkubogi (1 o'yin, 1 g'alaba), OCHL (5 o'yin, 1 g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat), O'zbekiston chempionati (7 o'yin, 5 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat) uchrashuvilaridagi statistikasiga nazar solamiz. Hozircha jamoa jami 7ta g'alabaga erishgan. Bu o'tkazilgan o'yinlarning deyarli yarmiga teng. Qolgan o'yinlarda 2 durang va 4 mag'lubiyat qayd etilgan. Ushbu statistikadagi birgina yaxshi taraf shuki, "temiryo'lchilar" o'tkazilgan barcha o'yinlarda gol urishni uddalashmoqda. Lekin yomon tarafi, jamoada barqarorlik yo'q. Himoyadagi o'yin yaxshigina islohotlarga muhtoj.


Aslida o'tgan mavsum startida ham jamoa juda yomon o'ynagan, ayniqsa himoyada. Ikkinchi davrada Anzur Ismoilovning jamoaga kelishi himoyadagi muammolarni bartaraf etgandi. O'shanda Anzur Ismoilov darhaqiqat kuchli mudofaa vakiliga aylandi. Bu yili esa Ismoilov-To'xtaxo'jaev tandemi, chap qanotda raqobatchisiz qolgan Zoteevning o'yinidagi pasayish o'z tasirini ko'rsatmoqda. Xususan aynan himoya chizig'idagi betartib o'yin evaziga "Al Rayyan" bilan bo'lgan bahsda tayyor g'alaba qo'ldan chiqqandi. Yoki boshqa o'yinlarda ham "Loko" himoyasi beqaror o'ynayotgani tufayli jamoa hujumda har qancha samarador o'ynamasin, yakunda bu natija keltirmayapti. CHunki himoya istalgan payt raqib foydasiga adashmoqda, pozicion himoyalanishda yoki jarima maydonchasi ichida oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ymoqda. To'g'ri, barcha xato qiladi. Busiz iloji yo'q. Lekin bu xatolar odatiy holga aylangani "Lokomotiv"ga qimmatga tushmoqda.

Futbolchilik faoliyatida himoyachi bo'lgan Andrey Fyodorov jamoasining himoyadagi o'yinini to'g'ri yo'lga qo'yishni uddalay olmayapti. "Lokomotiv" o'tkazilgan 13 uchrashuvda 17 marotaba o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborishi chempion jamoaga xos va mos emas.


Gap darvozabonda ham emas. To'g'ri, Javohir Ilyosov hozircha atigi 4 o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlashga erishdi xolos. Qolgan o'yinlarda  Javohir Ilyosov muntazam ravishda o'z darvozasidan to'p olib chiqmoqda. CHempion jamoa darvozaboni uchun bu natija yaxshi ko'rsatkich emas, to'g'ri. Lekin bu bilan "Loko"ga Nesterovning yo'qligi sezilmoqda, deyishga shoshilmagan bo'lardim. CHunki o'tgan mavsum startidagi Nesterovning hozirgi Ilyosov bilan ko'rsatkichini solishtirsak, unda tajribali posbon yosh hamkasbiga nisbatan maqtanarli natijaga ko'rsatmagandi. Yani, "Loko"ning muntazam gol o'tkazib yuborishi ko'proq himoya chizig'iga savollarni tug'dirmoqda. Ilk bor top jamoaga kelgan Javohir Ilyosov borasida esa xulosaga shoshilmagan maqul. Har holda Javohir kerak paytda jamoani qator vaziyatlarda goldan qutqarmoqda.

"Lokomotiv" chempionatdagi qator o'yinlarni ham bir maromda o'tkaza olmayapti. Ha, g'alaba qozonilgan bellashuvlarda ham "Loko" goh birinchi bo'limni yaxshi o'tkazsa, tanaffusdan keyin tashabbusni raqibga berib qo'yadi. Yoki aksincha, birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsata olmasa, ikkinchi taymda o'yinni o'z qo'liga olishi natijasida bazi uchrashuvlarda g'alaba qozondi. Masalan "Navbahor" bilan birinchi bo'limni yomon o'tkazgan, ammo ikkinchi taymdagi jonlanish evaziga g'alaba qozongandi. "Al Vahda" bilan Toshkentda bo'lgan bahsda esa birinchi taymda yaxshi o'ynagan jamoa, ikkinchi bo'limda butkul boshqacha futbol ko'rsatgandi. "Andijon" bilan o'yindan tashqari Toshkentdagi qolgan barcha o'yinlarda "Loko" hech bir uchrashuvni barqaror o'tkazishni uddalay olmadi.

Qatarda o'tgan "Al Rayyan" bilan bahsda ham jamoa tezkor goldan keyin darhol natija etibori bilan o'ynashni o'yladi va shuning natijasida tashabbusni raqibga topshirgan "Loko" tayyor g'alabani mag'lubiyatga almashgandi. Yani, ancha qariya tarkibga ega jamoaga dastlab hujumlar uyushtirib, raqibni o'z jarima maydonchasi ichiga tiqib qo'ygandi. Ammo gol urilgach, natijani o'ylab himoyaga o'tish va qariya tarkibga ega jamoaga to'pni topshirib, ularga o'zlarining kuchli taraflarini ishga solishga sharoit yaratib berilgandi. Tezkor o'yin namoyish etolmaydigan, faqat to'p bilan va vaziyat yuzaga kelsa ijro mahorati orqali natija keltiradigan futbolchilardan aziyat chekilgandi. "Al Rayyan" guruhdagi bir o'yinda, aynan "Loko" tashabbusni o'z qo'li bilan raqibga topshirgan bahsda g'alaba qozonishdi xolos.

O'shanda aynan murabbiyning o'yinga bo'lgan taktik noto'g'ri yondoshuvi natijasida mag'lubiyatga uchralgandi. Bu esa davomiy bo'lmoqda. "Loko" safardagi hech bir o'yinni butkul yomon o'tkazmadi. Lekin hech bir bahsda natija o'zining foydasida bo'lib turgan paytda ham barqarorlikni saqlay olmayotgani qimmatga tushmoqda. Andrey Fyodorov esa ushbu davom etib kelayotgan beqaror o'yinlardan negadir tegishli xulosalar chiqarmadi. Yoki buni uddalay olmadi.


"Lokomotiv"ning joriy mavsumdagi statistikasi:

O'yinlar soni: 13

G'alaba: 7

Durang: 2

Mag'lubiyat: 4

To'plar nisbati: 24-17

Quruq o'yin: 4


OCHL, "B" guruhidagi holat


"Lokomotiv"ning muvaffaqiyatsiz ishtirokiga etakichlarning ketgani yoki jamoa yangilangani emas, balki murabbiy mavsum boshlangach ham aniq bir to'xtamga kelmagani va haligacha jamoa o'yinini bir maromga tushirib olmagani sabab bo'lmoqda. Yani eng asosiy faktor - murabbiy. 

O'tkazilgan 13 o'yin oz fursat emas. SHu vaqtga qadar qo'l ostidagi yaxshi saviyadagi futbolchilardan butun bir jamoa yaratishni eplolmadi. Kerakli rotaciyalar amalga oshirilmayapti. Tanlangan legionerlar bahsli. Raevac o'z vaqtini asosan zaxirada o'tkazmoqda. To'g'ri, Temurxo'ja Abduxoliqovning barqaror, ha, "Loko"dagi kam sonli barqaror o'ynayotgan futbolchilar ichida eng etakchisi bo'lib turgan Temurxo'janing sermahsulligi Filipni zaxirada o'z vaqtini kutishga majbur etmoqda. Lekin legioner futbolchi o'z poziciyasidagi futbolchiga kerakli darajadagi raqobatni taqdim etolmayotgani ham haqiqat. SHu boisdan ham legioner futbolchi o'z vaqtini zaxirada kutmoqda. Arslonmurot Amanov esa faqatgina oxirgi o'yinlarda munatazam ko'rinish berishni boshladi. Mavsumning dastlabki qismida unga deyarli imkoniyat taqdim etilmayotgandi. Igor Yelich esa Maxaradze, Aliboev va Abdullaevning jamoadan ketishi natijasida majburan jamoaga olib qolingan legioner.

Mavsumning dastlabki qismidagi o'tkazilgan o'yinlar va ulardagi natijalardan xulosa qiladigan bo'lsak, "Loko"da o'zgarish vaqti kelgan. Jamoa o'yinida barqarorlik yo'q. Bu Andrey Fyodorovning birinchi xatosi. Ikkinchi xatosi va muhim pallalarda hecham ko'zga tashlanmagan eng og'riqli holat - xarakter. Ha, chempion jamoada xarakterdan asar ham qolmagan. "Lokomotiv" joriy mavsumdagi hali hech bir o'yinda qiyin vaziyatdan chiqib ketgan holat kuzatilmadi. Bu esa jamoada tobora xarakter yo'qolib borayotganidan darak. Xatto "Lokomotiv" raqibidan ko'ra kuchli va yaxshi o'ynab turgan o'yinlarda ham natijani o'z foydasiga hal qilmagan o'yinlar ham bo'ldi. Bu esa bevosita jamoada xarakter yo'qolib qolganidan darak. Xarakterni kim jamoaga singdirishi va kerak paytda qiyin vaziyatdan olib chiqib ketishi kerak? Ha, murabbiy. Buni kechagi "Barselona" yoki kecha va bugungi PSJ misolida ham ko'rish mumkin. Mazkur jamoalar juda qulay holatda ham katta tafovutni saqlab qolish o'rniga, uni butkul boy bergan o'yinlar soni ko'payib ketdi. "Loko"da ham joriy mavsum bu davom etmoqda.

SHu boisdan ham "Loko"da o'zgarish qilish payti kelganga o'xshamoqda. Aslida OCHLda guruhdan chiqishni o'z oldiga vazifa qilgan jamoa murabbiy masalasida obdon o'ylab ko'rishi lozim edi. Endi kech. Lekin chempionatdagi holatni ham butkul izdan chiqarmaslik uchun bu ishni boshqa kechiktirmaslik zarur. CHunki joriy mavsum Superligada "Loko"ga misoli lotereyadan chiqishi mumkin bo'lgan "oltin ochkolar" qoidasi yo'q. Jamoaga ruhan kuch beradigan, o'z xarakteri bilan jamoani ortidan ergashtiradigan o'tgan yilgi etakchilar yo'q. Yangi etakchilarni esa murabbiy izlashi va shakllantirishi lozim. Bu vaziyatda esa aynan murabbiy ishi, uning salohiyati va imzosiga muhtojlik seziladi.


Aynan hozir "Lokomotiv" o'z imzosiga ega, istiqboli yuqori bo'lgan mutaxassis yordamiga muhtoj. Lekin "Loko"da ob-havoni almashtiradigan payt kelganga o'xshamoqda. CHunki Andrey Fyodorovning g'oyalari yangilangan "Lokomotiv"ni qayta uyg'otish uchun etarli bo'lmayapti. "Temiryo'lchilar" bir joyda qotib qolishgandek guyo. Ularni siljitish uchun esa yangi "mashinist" olib kelish lozim.

Muallif :
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика