So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  4 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  17 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  30 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  92 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1018 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  10 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Telefon va planshetlaringiz uchun futbolga oid 7 ta eng yaxshi o'yin Yangiliklar

Telefon va planshetlaringiz uchun futbolga oid 7 ta eng yaxshi o'yin

Futbol muxlislari, futbolchilar va xatto bazi murabbiylar kompyuter va telefonlarda shu sport turiga oid o'yinlarni o'ynashni juda yaxshi ko'rishadi.

Bugun biz foydalanadigan gadjetlar uchun ishlab chiqarilgan futbol bilan bog'langan 7 ta eng yaxshi o'yinlarni sanab o'tamiz.


Dream League Soccer

Ko'chirilishlar soni: 50-100 mln.

Reyting: 4,5

O'yin konsollari va kompyuter uchun ishlab chiqarilgan futbol o'yinlarida ikki ashaddiy raqib bor - FIFA va PES. Bular xuddi "Barselona" va "Real"dek. Ammo mobil telefonlar uchun tanlov katta va bu erda na obro' va na brend katta rol o'ynaydi. SHu sababli "Google Play"da siz kompyuter va konsollarda ko'rmagan o'yinlarni uchratishingiz mumkin. Xatto ularning sifatidan ham mamnun bo'lasiz. Dream League Soccer - mana shundaylar safiga kiradi. Ajoyib grafika, yaxshi darajadagi simulyaciya va xatto futbolchilar ham haqiqiyga o'xshaydi - o'yinda 6 ta liga va 7 ta Kubok turniri bor. SHu bilan birga "Barselona" yoki "Real" bilan ham to'p tepishingiz mumkin. Bundan tashqari, o'zingizning orzular jamoangizni tuzish imkoniyati ham bor.


Ko'chirib olish


FIFA 16

Ko'chirilishlar soni: 50-100 mln.

Reyting: 3,9

Konsollarda sevib o'ynaladigan virtual futbolning mobil versiyalari ham bor. Ammo smartfon yoki planshetingizda konsollardagi barcha imkoniyatlar yo'q. EA Sports bu o'yinning mobil versiyasini PS va XBOX uchun chiqarilganlariga maksimal darajada yaqinlashtirishga uringan. Ammo bu muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo'lmadi. Ammo har yangilanishdan so'ng o'yin reallashib boryapti. FIFA16 juda talabchan o'yin hisoblanadi va u qotib qomasligi uchun telefon yoki planshetingiz kuchli bo'lishi kerak.


Ko'chirib olish


Flick Shoot 2

Ko'chirilishlar soni: 10-50 mln.

Reyting: 4,6

Katta tezkor xotiraga va kuchli processorga ega smartfon va planshet sotib olishga hammaning ham qurbi etavermaydi. Bazilar esa yirik va uzoq davom etadigan o'yinlarni xushlamaydi. Yoqding - o'ynading - chiqding. Jarima zarbalari simulyatori - "Flick Shoot"ning ikkichi qismi mana shunday o'yinlar sirasiga kiradi. Maxsus sinov yoki shunchaki hisob uchun o'ynaladigan bir nechta rejimlari bor. Bu ilovaning eng katta ijobiy tomoni - multipleer. Doimo jonli raqib yoki do'stingiz bilan o'ynash imkoniyati bor. Boshqaruv juda oddiy - barmog'ingiz bilan zarba traektoriyasini va to'pga beriladigan kuchni ko'rsatishning o'zi etarli.


Ko'chirib olish


Final kick

Ko'chirilishlar soni: 10-50 mln.

Reyting: 4,3

Xuddi mana shu janrga oid yana bir simulyator, ammo penaltisi bilan. SHu bilan birga, zarba beruvchi va darvozabon rolida ham o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Dramatik 11 metrlik jarima to'plari, atributlarga boy tanlov (o'zingiz istagan futbolchini o'zgartirishingiz mumkin), multipleer - "Final kick" asosiy ustunligi hisoblanadi.


Ko'chirib olish


Puppet Soccer, Puppet Soccer Champions

Ko'chirilishlar soni: 10-50 mln.

Reyting: 4,3

Puppet Soccer - bu 1 ga 1 quvnoq "qo'g'irchoq" futbolidir. Unda siz terma jamoalar yoki Evropa top-klublarida o'ynashingiz mumkin. Personajlar komiks uslubida chizilgan. Zarba berishga halaqit va yordam beruvchi "maxsus effektlar" ham bor va ularni donatlar (o'yinning maxsus pul birligi) evaziga xarid qilishingiz mumkin. Umuman olganda quvnoq o'yin.


Ko'chirib olish


Score! Hero

Ko'chirilishlar soni: 10-50 mln.

Reyting: 4,3

Score - ilovasi mobil qurilmalarda juda mashhurdir. Uning turli versiyalari bir-biriga o'xshamaydi. Ammo ularni bir janr bog'lab turadi: Score - bu futbol bilan birlashtirilgan bosqichli topishmoq. Siz belgilangan vazifalarni bajarish uchun uchrashuvlarni to'liq emas, bir necha daqiqa o'ynaysiz. Score! Hero ilovasida futbolchilik faoliyatini boshlaysiz - birinchi jamoa, birinchi uchrashuv, birinchi gol.


Ko'chirib olish


Score! World Goals

Ko'chirilishlar soni: 10-50 mln.

Reyting: 4,3

Eng noodatiy simulyatorlardan biri va shunisi bilan qiziq. Futbol uchrashuvlarini tomosha qilayotib "bu erda men ham gol urardim" deb o'ylab qolganmisiz? Demak bu o'yin aynan siz uchun. Asosiy vazifa - jahon futbolida sodir bo'lgan haqiqiy gollarni ilova orqali takrorlash. Siz o'sha hujumni 1 2 futbolchilar bilan emas, balki ko'plab o'yinchilar orqali takrorlaysiz.


Ko'chirib olish

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика