So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

Tehronda Mark Vilmots ishtirokida birinchi matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

Tehronda Mark Vilmots ishtirokida birinchi matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  Mark VilmotsEron
Eron terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Mark Vilmots ilk marta eronlik OAV xodimlari bilan suhbatlashdi.

Malumki, Eron futbol federaciyasi Mark Vilmots bilan kelishuvga erishdi hamda belgiyalik mutaxassisni terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. O'zaro kelishuvga ko'ra, Vilmots terma jamoani JCH-2022 oxirigacha boshqaradi va bu vaqt ichida yiliga 1 million evro miqdorida maosh oladi. 

Mark Vilmots o'zining dastlabki matbuot anjumanida ushbu fikrlarni bildirdi: "SHartnoma imzolangan kundan boshlab Eron men uchun ikkinchi uyga aylandi. Biz hammamiz birgalikda ishlab katta vazifalarni bajarishga harakat qilamiz. Eron rivojlangan mamlakat, bu erda sportni juda qadrlashadi. Oldimda turgan eng asosiy maqsad terma jamoani 2022 yilgi jahon chempionatiga olib chiqish hisoblanadi". 

"Biz taktik jihatdan to'g'ri o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Buning uchun o'rtoqlik uchrashuvlari yordam beradi. Men shu paytgacha boshqa jamoalarda ishlaganman va qaerda faoliyat olib bormay doim maksimal ishlashga harakat qilganman. Terma jamoa eshigi hamma uchun ochiq. Kim klubda o'zini ko'rsatsa, albatta bosh jamoada o'ynash imkoniga ega bo'ladi". 

"Terma jamoada asosiy yordamchim ispaniyalik Manu Ferrera bo'ladi. Bu insonni 25 yildan beri bilaman. SHuningdek, mahalliy yosh murabbiylardan Vohid Xoshemiyan ham shtabimizda bo'ladi. Bizga yana uchrashuvlar tahlilchisi ham kerak. Men Eron terma jamoasini qabul qilib olganimdan xursandman. Oilam bu qarorimga qo'shilmadi, biroq qaror meniki, shu bois afsuslanayotganim yo'q". 

Vilmots matbuot anjumanida terma jamoaning 25 futbolchidan iborat tarkibini elon qildi. Eron terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvlari doirasida 6 iyun kuni Suriya va 11 iyunda Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика