Tebas Superliga haqida: "Robin Gud teskari tomonda edi"
24 sen 2021 19:53
Yangiliklar
Tebas Superliga haqida: "Robin Gud teskari tomonda edi"
La Liga rahbari Xaver Tebas Superliga loyihasini tanqid qildi.
Eslatib o'tamiz, Superliga loyihasi Evropaning o'n ikki grand klublari tomonidan aprel oyida boshlangandi. 12 ta klubdan 9 tasi o'z ishqibozlari va futbol jamoatchiligining noroziligiga duch kelib, loyihani tezda tark etishdi. Loyihani haligacha "Real", "Barselona" va "Yuventus" qo'llab-quvvatlamoqda.
"Formatlarni o'zgartirishga hojat yo'q. Formatlarni o'zgartirib, bir jamoaning harakatlari boshqalariga salbiy tasir qiladi. Superliga misoli Robin Gud edi, biroq rejalari teskari ko'rindi: kambag'allarni talon-taroj qilish orqali ulushni boylarga berish", — dedi Tebas.
Fikrlar