So’nggi yangiliklar

00:48Ҳарри Кейн Жаҳон чемпионатидаги мақсад ҳақида гапирди  0 00:24Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"  0 23:58Энцо Мареска "Ливерпул"га қарши ўйиндаги хатти-ҳаракатлари учун жазога тортилди  0 23:37"Милан" ва Emirates ўзаро келишувни расман узайтиришди  0 22:48"Golden Boy" мукофоти учун якуний номзодлар рўйхати маълум бўлди  5 22:15ESPN Жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин бўлган мамлакатлардан энг кучлилар рейтингини тузди. Ўзбекистон нечанчи ўринда?  5 21:50"Интер" рекорд даражада даромад қилди. Клуб 15 йил ичида биринчи марта фойдага кирди  0 21:24Каземиро Япониядан учралган мағлубият ҳақида гапирди  3 20:57Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон U-17 аёллар термаси Қирғиз Республикасига имкониятни бой берди  5 20:21Чехия термаси бош мураббийи Фарер оролларига учралган мағлубият ортидан ишдан ҳайдалди  0 19:45Йилдиз "Челси", "Арсенал" ва "Барселона"нинг диққат марказида  0 19:15Кокорин Россияда футболчиларнинг маоши ҳақида: "Жуда эрта кўп пул беришади"  1 18:51Скоулз: "МЮ Хейлундга ўхшаган ҳужумчи - Шешкони сотиб олди. Мантиқ қаерда?"  3 18:15"Барса" Левандовскининг терма жамоада олган жароҳати сабабли ундан норози  1 17:36Френки Де Йонгнинг товон пули ярим млрд. еврога етди  0

Tayyorgarlik avjida: "Navbahor" va "Andijon" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi finalini 3 ta viloyat hokimi stadionda tomosha qiladi Yangiliklar

Tayyorgarlik avjida: "Navbahor" va "Andijon" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi finalini 3 ta viloyat hokimi stadionda tomosha qiladi

Liga Kubok finalini o'tkazish masalasida Farg'ona viloyati rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi.

7 sentyabr kuni Farg'onada bo'lgan Liga mutaxassislari O'zbekiston Kubogining final uchrashuviga tayyorgarlik masalasida viloyat hokimi Xayrulla Bozorov qabulida bo'ldi. 

Uchrashuv davomida viloyat rahbari final ko'tarinki kayfiyatda o'tishi uchun Liga bilan barcha masalada hamkorlik qilinishini bildirdi. "Istiqlol" stadionini katta o'yinga tayyorlash ishlari boshlangan bo'lib, bunda maydon maysasidan tortib, projektorlarni sozlash, texnik zonalar kesishmalarini o'zgartirish, OAV xodimlari va stadionga tashrif buyuruvchi qolgan mehmonlarga qulaylik yaratish kabi masalalarning har biriga alohida etibor qaratiladi. "Navbahor" va "Andijon" jamoalari ishtirokidagi tarixiy to'qnashuvga har ikki viloyat rahbarlari taklif etiladi. SHu kuni stadion VVIP lojasida vodiyning uch viloyat hokimi bellashuvni bevosita kuzatib borishi ko'zda tutilgan. 



Liga, shuningdek, Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Azizbek Ikromov bilan ham uchrashuv o'tkazdi. Bunda Namangan va Andijon viloyatidan tashrif buyuruvchi futbol muxlislarining xavfsizligini taminlash, ularning stadionda harakatlanishi, chiptalar savdosi va boshqa qator masalalarda fikr almashildi. Yana bir necha kundan so'ng Liga aniq reja asosida Farg'onada IIB, Milliy gvardiya va boshqa jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash uchun masul bo'lgan tashkilotlar bilan uchrashuv o'tkazadi. Mazkur yig'ilish bayonlashtirilganidan keyingina final bilan bog'liq qator masalalarga oydinlik kiritiladi. 



"Neftchi" bosh direktori Mansur Toshmatov "Istiqlol" stadionida Liga mutaxassislariga hamrohlik qildi. Birinchi davra davomida klubni moliyalashtirish masalasida ayrim uzilishlar mavjud edi. Endilikda klub va homiylar o'rtasida bu masala hal etilgan bo'lib, ayni vaqtda muammolarni bartaraf etish ishlari boshlangan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика