So’nggi yangiliklar

12:05Шерзод Файзиев қаерда?   1 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  3 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  5 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  13 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  24 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1

Tavsiya qilamiz. Gvardiolaning g'oliblik falsafasi Yangiliklar

Tavsiya qilamiz. Gvardiolaning g'oliblik falsafasi

Pep Gvardiola “Sky Sports” efirida Gari Nevillga intervyu berdi.

Dushanba kuni Gvardiola MNFga bordi. Ayni damda dunyoning top-murabbiylaridan biri bilan bo'lgan bir soatlik suhbatda uning taktikasi borasida ham gap ketdi. Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi. Oldin bu erda Klaudio Raneri, Brendan Rojers, SHon Daych va Yurgen Klopp kabi murabbiylar ham mehmon bo'gan. Intervyu juda yaxshi o'tdi, kutilganidan ham alo. Mavsum yakunlangan va shu boisdan Nevill 63 daqiqa vaqt davomida "Manchester Siti"ning ajoyib mavsumi haqida gapirishga haqqi bor edi.

GVARDIOLA FUTBOLI BARCHA UCHUN EMAS

Ha! Pep millionlab insonlar tanqid qilmasligi uchun chempion bo'lishi kerak edi: "Bu mavsumdagi omadli ishtirokimizning asosiy sababi - futbolchilarning darajasidir. Odamlar juda ko'p mablag' sarflaganimiz uchun chempion bo'lganimizni aytishdi. Aslida ham shunday“.

U haqiqatni tan oldimi? Yoki jahl ustida vaziyatdan shu tarzda chiqib ketdimi? Yoki u shuni aytishni istaganmidi? Yo'q, hammasi joyida. Iborani istalgan uslubda ishlatsak bo'ladi. Gvardiola barcha ham futbol o'ynay olmaydi deb fikrlaydi. Keyinchalik Pepning o'zi bu fikrini maqulladi: "Men birorta futbolchimdan Messi kabi bir yo'la 3-4 nafar futbolchini aldab o'tish kerakligini aytmayman. Umuman bunday demayman. Biroq oddiy holatlarda futbolchilarim xato qilishsa, jahlim chiqadi. To'pni to'xtatish va pas oshirish - men uchun oddiy va eng kerakli bo'lgan jihatlardir. Biz mana shunga katta etibor beramiz va shu sababdan jamoalarim to'pni o'zida ushlab tura oladi. Biroq ular bir xato qilsa, buni hech kim tuzata olmaydi“.

O'sha vaqtda Gvardiolaga "Byornli"da SHon Daychdan ham yaxshiroq ishlagan bo'larmidingiz?” deb savol bermoqchi edim, biroq indamadim. SHak-shubhasiz, "qayta qurish" ishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan bo'lardi. Biroq "qayta qurish" faqatgina yangi va qimmatbaho futbolchilarni olib kelish degani emas. Gap futbolchilarning tizimga mos tushishi haqida ketmoqda. Bu planda "Siti" yaxshigina natijaga erisha oldi. Jamoaga olib kelinganlarning o'rtacha yoshi 23,6ni tashkil etdi. "Yoshlarda kuch ko'p bo'ladi. Biz jamoaga kuch qo'shishni istadik", - dedi Gvardiola.

Pepning falsafasida boshqa yo'l degan tushuncha yo'q. Hattoki u eng og'ir vaziyatda ham o'z falsafasidan chiqib ketmaydi. "Albatta, o'z g'oyalarim bilan APLni yuta olishim borasida ko'p o'ylaganman. Fikrlar har doim bo'ladi. Mening murabbiylar shtabim esa falsafamga ishonadi. Hech qachon o'z g'oyalarimni o'zgartirmayman va nima qilayotganimizga ishonaman. Siz "Yutsang - Xudosan, yutqazsang - hech kim" mantiqida futbolni tahlil qiling. O'shanda siz jamoamning bu mavsumdagi ishlarini ko'ra olasiz“.

FOYDALI YUGURISH

"To'p raqiblarda bo'lganida o'z shogirdlarimning, top-futbolchilarning, haqiqiy yulduzlarning yugurishini ko'rib, murabbiy sifatida g'ururlanaman. Har doim ularga kamroq yugurib, ko'proq ish bajara olish mumkinligini uqtiraman. Menimcha, bu bizning eng katta sirimiz. Agarda kimdir yugurmasa, mening oldimda, zaxira o'rindig'ida bo'ladi. Men oddiy xatolarni kechiraman, biroq kam yugurganlarni jamoamda olib qolmayman“. SHundan keyin Pep o'ziga yoqmaydigan futbolchilar tipini aytib berdi.

 

"Futbolda yugurish va kurashish kerak. Bizning o'yinlarni tahlil qiladiganlar bizda jismoniy jihatdan muammolar yo'qligini aytadilar. CHunki jamoaning yugurishi doimo bir meyorda bo'ladi. Bu ham bizning sirlarimizdan biri. Menimcha, bu taktikadan ham muhimroq", - dedi Gvardiola.

Bir vaqtlar Pepning bir gapi Gari Nevillga yoqmagandi. 2013 yilda Gari Pep haqida shunday fikrlar bildirgandi.

"Pep Gvardiola himoyachilariga yaxshi pressing qilishni va undan tashqari uyalmasdan: "Ularni o'ldiring", derdi. Bu ko'pchilikka eshitilardi. Agarda u APLda ishlab, "Ularni o'ldiring" desa, uni dinozavrga qiyoslashadi.

2008 yilda Pep "Barselona"ga borgan vaqtlarida jamoaning iqtidorini to'liq ochib bera oldi va shu orqali futbol tarixidagi eng kuchli jamoalardan birini yaratdi. Frank Raykard vaqtida "Barselona" yaxshi kombinaciyali o'yin ko'rsatardi, biroq Pep davriga borganida jamoa to'psiz ham yaxshi harakatlanishdi, shuningdek, u pressingning yangi darajasini ko'rsatdi“ - degandi Nevill..

"Bir futbolchi bir o'yinda uzog'i bilan 3 yoki 4 daqiqa vaqt mobaynida to'p bilan bo'ladi. SHu boisdan u o'z taktik sxemalarini shunga moslashtirdi va futbolchilarini to'psiz o'yinga ham tayyorladi. "Barselona" va "Bavariya"dagi ilk sovrinlardan keyin meni bir jihat tashvishga solgan: to'psiz o'yinni qanday shakllantiraman? Mening hozirgi maqsadim esa to'psiz o'yinni shakllantirish emas, yanada yaxshilash. Futbolchi to'pni yo'qotdimi: "Yo'q, men yugurmayman", desa o'yinda mag'lub bo'ladi“ - dedi Pep.

PEP TO'P SHUNCHAKI USHLAB TURILISHINI YOQTIRMAYDI

Gvardiolaning "Siti"si to'pni o'zida ushlab turish borasida rekord o'rnatdi. Biroq bu raqamlar uning uchun hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Unga son emas, effektivlik kerak. "Bazel"ga qarshi uchrashuvda bizda to'pni ushlab turish borasida eng yuqori natijani qayd etdik. Biroq biz faqatgina bir bora zarba berdik. To'pni ushlab turishdan maqsad - vaziyatlar yaratish. To'pni shunchaki o'zida ushlab turish - ahmoqlik. Buni yomon ko'raman", - dedi Gvardiola.

 

To'pni o'zida ushlab turishni shakllantirish uchun Pep “Juego de posicion” (pozicion futbol) koncepciyasini ishlatadi. Efir vaqtida kataloniyalik murabbiy bu borada to'xtaldi va kulib qo'ydi: "Futbolchilarim har doim sheriklarining harakatlarini oldindan o'qishlari kerak. Agarda ikki tomon ham yaxshi ishlasa, barchasi yaxshi bo'ladi“. Keyinchalik Pep misol tariqasida bu qanday bo'lishini ko'rsatib berdi:

DB

"Biz futbolchilar bilan ko'plab videolarni muhokama qilamiz. Ularga qanday ochilishni, uzoqroq o'ynashni, bo'sh hududni yaratishni ko'rsatamiz. Bu erdagi ilk mavsumimda biz buni juda ko'p marta takrorladik. Ayni damda ham shunday: mashg'ulotlar, o'yinlar va futbolchilarga yordam beradigan barcha holatlarni ko'rib chiqamiz", - dedi Gvardiola.

PEP HAR BIR UCHRASHUVDA TAKTIKANI O'ZGARTIRADI

Bir vaqtning o'zida Pepning atrofida ikki hil fikr aylanadi: "dunyoning eng kuchli taktik murabbiyi" va "taktika etishmaydi“. U ushbu paradoksni tushundi: "Murabbiyda har doim ikkita yo'l bo'ladi: B rejani izlash yoki A rejani kuchaytirish. Men har doim asosiy g'oyani yanada yaxshilashga intilaman. Bunda hatto kichik detallar ham o'zgarishi kerak. Agarda B plani - uzoq masofalarga pas berish va qarshi hujumga o'tish bo'lsa, bundan har doim voz kechaman“.

"Manchester Siti"ning o'yindagi vaqti asosan hujumda o'tadi. Himoyada esa pressing va kontrpressingga asoslanadi. Ammo ko'plab o'yinlarda bu boshqacharoq ko'rinishda gavdalanadi.

"Bu vaziyatda biz to'pga egalik qilyapmiz, biroq Fabian Delf tayanchda emas, qanotda ko'rinish bermoqda. Ayrim vaziyatlarda bu raqibning poziciyasiga ham qaraladi. Aspilikuetta chuqur himoyada o'ynamoqda va "CHelsi" bizga yo'l ochib bergan. Bizning rejalarimiz har doim raqibniki bilan farq qiladi. Ular himoyalanayotgan bir vaqtda biz hujumga o'tamiz“.

O'sha epizod "CHelsi"ning darvozasiga urilgan gol bilan yakunlandi. Gvardiola aytgan princip - bir futbolchi asosiy rolni o'ynaydi va raqibni o'zi bilan olib ketib, bo'sh hudud qilib beradi. Biroq boshqa qanotdan Uoker to'pni oshirib berdi, to'p Otamendiga bordi, u Kevin de Bryuyneni aniq to'p uzatilishi bilan taminladi.

QANOT HIMOYACHILARI - QARSHI HUJUMNING ASOSI

Deyarli butun bir mavsum davomida Pep Gvardiola "yolg'onchi markaziy himoyachi" rolida Fabian Delfni o'ynatdi. Biroq bir vaqtning o'zida "Siti"da ikki "yashirin qanot himoyachisi" ham bo'ldi. Markazdagilar qanotdagilar bilan joy almashib turishdi. Bu esa qarshi hujumlarning tezlashishi uchun xizmat qildi. SHunday dastur bilan o'tgan "CHelsi" va "Lester" bilan uchrashuvlarni misol tariqasija aytsak bo'ladi. Raqiblar "Man Siti" bilan bahsda og'ir o'yin ko'rsatishdi va to'pga kam teginishdi.

"Mayda paslar - menga juda yoqadi. 5 metrga pas 15 metrga to'p oshirishdan ko'ra osonroq. SHunda kamroq kuch yo'qotiladi va to'p ham raqibga berib qo'yilmaydi", - deb tushuntirdi o'z falsafasini Gvardiola.

"Agarda biz markazda katta hudud qoldirgan holda to'pni yo'qotadigan bo'lsak, unda vaziyatni nazorat ostiga olish qiyinlashadi. Markazni nazorat qilgan jamoa har doim vaziyatni ham o'z tomonida ushlab turadi“.

"Futbolchilar har doim asosiy sxema va sheriklarining harakatlarini tushunishi lozim. SHunda to'p yo'qotilganda futbolchi o'z joyini tezda topib oladi. Bu futbol falsafasining asosi. Bu bo'lmasa, barcha qarshi hujumlarda gol o'tkazib yuboriladi. Futbolda himoya va hujum sxemasi doimo bir biriga bog'langan. To'p yo'qotilganidan keyin hech kim sizga taym-aut bermaydi“.

Pep konkret misol aytdi: "Agarda Delf mana shu erda turgan bo'lsa, bu erda emas (tepadagi rasmga qarang), vaziyat nazoratdan chiqib ketadi. Yoriq kattalashib ketadi. Raqib esa buning uchun bizni jazolashi mumkin“.

Pep Delf o'z rolini munosib ravishda ijro etayotganini aytdi: "U yarim himoyachi bo'lsa ham o'zini maydon markazida yaxshi his qilmoqda. O'tgan mavsumda ham Delf har doim asosiy tarkibda maydonga tushardi, biroq uni bu poziciyada sinab ko'rmagandim. Mendi jarohat olganidan keyin u ushbu joyda harakat qilmoqda. U har doim kurashishga va futbolchilarga yordam berishga tayyor“.

ARTETA STERLING VA SANENI YANADA YAXSHIROQ DARAJAGA OLIB CHIQDI

"Jamoa hech qachon hujumchilarning gollariga bog'lanib qolishi kerak emas. Agarda vingerlar ham gollar urib, yaxshi paslar berib turishsa, gollar ham ko'proq bo'ladi. "Bavariya"da mening qo'l ostimda Aren Robben bo'lardi, u birga bir holatlarda yaxshi o'yin ko'rsatadi. U ko'plab gollar urgan va yaxshi paslar oshirardi. Agarda jamoa faqatgina hujumchilarga tayanib o'ynasa, aniq ochko yo'qotiladi", - dedi Pep. U Sterling va Saneni maqtab o'tdi.

"Mikel Arteta ushbu ikki futbolchiga raqib jarima maydonchasi ichida qanday o'ynash kerakligini tushuntira oldi. Ular birga bir holatlarda yaxshiroq harakat qilishni boshlashdi. Biz vingerlarga o'ziga ishonsa futbolchilarni aldab o'tishiga hech qachon yo'q demaymiz. Mashg'ulotlarda shunday vaziyatlarda to'p yo'qotilsa, hech qanday yomon joyi yo'q. Mashg'ulotlar tugaganidan keyin yigitlar jarima maydonchasi yaqinidagi o'yinini rivojlantirish uchun yanada ko'proq ishlashadi. Bunday epizodlar esa o'yin kuni o'z mevasini beradi", - dedi Gvardiola.

Ayni damda Sterling va Sane nafaqat gollar urishadi, balki Gvardiolaning uslubiga ko'ra o'yin ko'rsatishadi. Ular to'p raqib jarima maydonchasi yaqiniga bormaguncha uzoqroq masofalarda bo'lishadi. Gari Nevill buni shunday tushuntirgandi (Pep Gvardiola esa tasdiqlagan): bu uslubni buyuk "Barselona"da Kroyff o'z o'g'li Yordi va Stoichkov orqali qo'llagandi. Bunday holatlar esa qiyin vaziyatdan chiqib ketishda katta yordam beradi.

Agarda qanot himoyachisi Sterling tomon harakatlanmasa, Rahimga ochiq joy qolib ketadi.

Agarda himoyachi Sterlingning oldiga borsa, de Bryuyne uchun zona ochiladi.

Nevill ushbu holatni raqib himoyachisi uchun dahshatli usul deb atadi. "To'rt kishilik himoya ham qiynaladi. Qachonki vingerlar yaqinroq masofalarda bo'lishsa, barchasi osonroq kechadi. Uzoqroq masofalarga joylashishsa, barchasi qiyin bo'ladi. Asosiy maqsad - to'pni o'zimizda ushlab turgan holda ko'proq ishni bajarish", - dedi Pep.

Ikkinchi asosiy aspekt - qachonki vinger uzoqroq masofadan jarima maydonchasiga etib kelib, hujumga qo'shiladigan pallani to'g'ri anglay olishi. Gvardiolaning aytishiga ko'ra, bunday vaziyatlarda futbolchilarning o'ziga ishonishi va tajribasi kerak. Pepning fikriga ko'ra, bu mavsumda Sterling shunday vazifani alo darajada bajara oldi.

Teparoqdagi rasmda Pep Sterlingning yakunlangan mavsumda analogik tarzda qaysi joylarda ko'proq bo'lganini ko'rsatdi. Bu mavsumda Rahim ko'proq gollar kiritdi.

PEP SHOGIRDLARINI QARSHI HUJUMLAR UCHUN MASHG'ULOT QILDIRMAYDIGANGA O'XSHAYDI

Yakunlangan mavsumda "Siti"ning "Vest Xem" ustidan qozongan 4:0 hisobidagi g'alabasini shunday eslaydi: "Bu o'yin KDB-Silva-Sane-Sterling-Jezusning birgalikdagi ilk o'yini. "Siti" o'shanda raqibni qarshi hujumlarda tor-mor etib tashlagandi“.

Pep maqtanmadi va shunday fikrlarni bildirdi: "Biz qarshi hujumlarni ishlatamiz? Bu uslub hech qachon mening g'oyamga kirmaydi. Biz faqatgina qulay vaziyatlardagina qarshi hujumga o'tamiz. Qolgan vaqtlarda esa to'pni ko'proq ushlab turib, raqibning jig'iga tegishni istaymiz. Qachonki jamoada Leroy Sane, Gabriel Jezus, Kevin de Bryuynega o'xshagan futbolchilar bo'lsagina qarshi hujumga o'tsa bo'ladi“.

KEYINGI MAVSUMDA APL ECHLDAN KO'RA MUHIMROQ


Bu savolga tezkorlik bilan Gvardiola: "Premer-ligani tanlayman, shak-shubhasiz. "APLdan keyin ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritish kerak", deb o'ylashning o'zi katta xato. APLdagi o'yinlar jamoaning barqarorligini ushlab turish uchun yordam beradi“.

ECHLni yutish borasida alohida istagim yo'q. "Barselona" 1992 yilda bu turnirni yutgan, Ser Aleks uzoq yillar davomida ilk sovrinni qo'lga kiritishini kutgan. Bu shunday turnir. Albatta, yutgimiz keladi, biroq bu turnirda kichik xato ham kechirilmaydi. Yakunlangan mavsumning noyabr-dekabrb oylari biz uchun eng zo'r davr bo'ldi. O'sha vaqtda odamlar bizni ECHLni yutish uchun asosiy davogar deb hisoblashgandi. Agarda muxlislar shunday degan bo'lsa, demak bu haqiqat“.

APL bosh sovrinini qo'lga kiritgan murabbiy buni yana takrorlashga intiladi. Mag'lubiyat barchaga og'ir botadi, bu o'yinning bir qismi. Lekin bu falokat emas. Eng yaxshi yo'l - navbatdagi uchrashuv haqida o'ylash. Unda ham yutish, yutqazish yoki durang o'ynash mumkin. Biroq har doim raqibdan ustunroq bo'lish uchun intilish kerak. Jamoa shunday yutqazsinki, maydondan boshni baland ko'tarib chiqib ketsin. Bu mavsumda biz APLning barcha jamoalarini mag'lub eta oldik. Bundan esa juda mamnunman“.

PEPDAN YANA BIR NECHA FIKRLAR

1) Pepning aytishiga ko'ra, "Liverpul" va "Manchester Siti"ning tizimi bir-biriga o'xshash. Faqatgina bir tomonda KDB va Silva bo'lsa, "Liverpul"da Saloh va Mane bor. Ikki jamoa ham ko'plab hujumlar uyushtiradi, faqatgina futbolchilarning xarakteri bir-biridan farq qiladi.

2) "Raqiblar endi bizni yanada yaxshiroq biladi. Ular bizdan ko'ra ko'proq to'pni ushlab turishga intilishadi. Ko'plab raqiblarimiz 5 himoyachi bilan o'ynashdi. Ularga hujum qilish qiyin. Keyingi mavsumda biz yanada yaxshiroq bo'lishga intilamiz“.

Pepning fikrlari to'g'ri. Uning falsafasi kuchini kamaytirishning eng zo'r yo'li - 4 himoyachi bilan o'ynash. "Manchester Siti"ning APLdagi so'nggi 8 o'yinidagi 6 raqib 5 himoyachili taktikani tanlagan.

3) Nevill murabbiydan Silva va de Bryyune Inesta va Xavining darajasidami, deb savol berganida Pep: "Dani Alves va Filipp Lamdan birini tanlash kerakdek bo'lmoqda. Unday emas", deb javob berdi. Pep "Siti"ning ikki futbolchisi Xavi-Inesta darajasida bo'la olmasligini aytdi.

4) Gvardiolaning "Siti"da qabul qilgan eng qiyin qarori - Jo Xartdan voz kechish: "Uning professionalligiga hech qanday shubha bilan qaramayman. Biroq bizga undan-da yaxshiroq darvozabon kerak edi“.

5) Dastur yakunlanayotganda Gvardiola Nevillga chempionlik libosini sovg'a qildi va yaxshi kayfiyat-la hazillashdi: "Mana "Siti"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri“.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика