Tashkilotchilar madhiya bilan xato bo'lgani uchun Salvador terma jamoasidan uzr so'rashdi
30 mar 2015 13:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/167321_original.jpg)
![](/upload/storage/167321_220.jpg)
Tashkilotchilar madhiya bilan xato bo'lgani uchun Salvador terma jamoasidan uzr so'rashdi
Argentina va Salvador terma jamoalari o'yini tashkilotchilari mamlakat madhiyasida adashishgani uchun salvadorliklardan uzr so'rashdi.
Eslatib o'tamiz, o'yindan oldin salvadorlik futbolchi va muxlislar boshqa mamlakat madhiyasini eshitishdi. Madhiya paytida norozi muxlislar xushtakbozlik uyushtirishdi.
Mamlakatlar madhiyasi ijrosiga javogar CMS Sports kompaniyasi barcha masuliyatni o'z bo'yniga oldi va yuz bergan holatni baxtsiz voqea deb atadi.
Uchrashuv AQSHning Lendover shtatidagi "Fedeks-fild" stadionida bo'lib o'tdi. O'yin 2:0 hisobida argentinaliklar g'alabasi bilan yakunlandi. 54 daqiqada Salvador himoyachisi Nestor Renderos o'z darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuv tugashiga bir necha daqiqa qolganda argentinalik yarim himoyachi Federiko Manuelo hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar