Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari
27 iyu 2018 16:23
Yangiliklar
Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari
Jumladan,
Pro-liga
15-turning “Yozyovon” – “Iftixor” uchrashuvining 90+2-daqiqasida qanot hakami shaniga nomaqbul so'zlar aytgani uchun “Iftixor” jamoasi azosi M.Yusupov ikkita o'yinga chetlashtirish va bir million so'm jarima bilan jazolandi.
SHu turning “G'ijduvon” – “SHerdor” jamoalari uchrashuvining 69-daqiqasida jamoadoshini haqoratlagani uchun “G'ijduvon” futbolchisi M.Otaqulov maydondan chetlatildi. Buning evaziga unga nisbatan ikkita o'yindan chetlatish chorasi qo'llanildi.
Mazkur turning “Orol” – “SHo'rtan” jamoalari uchrashuvining 85-daqiqasida jamoadoshiga nisbatan haqoratomuz so'zlar ishlatgani uchun maydondan chiqarib yuborilgan “SHo'rtan” vakili O.Jo'raboevga jazo sifatida ikkita o'yindan chetlashtirish hamda 500 ming so'm jarima jazosi belgilandi.
16-turning “SHerdor” – “Zomin” jamoalari uchrashuvi yakunlangach tajovuzkor xatti-harakatlar amalga oshirgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgan “SHerdor” futbolchisi G'.Sariboev uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va unga nisbatan uch million so'm jarima qo'llanildi.
Mazkur uchrashuvda "Zomin" vakili SH.Abdurahmonov ham jazolangan. U uchrashuv yakuniga etgach, nomaqbul hulq-atvori uchun qizil kartochka bilan "taqdirlangan" edi. Unga nisbatan ikkita o'yindan chetlashtirish va ikki million so'm jarima qo'llanildi.
SHu turning “Istiqlol” va “Norin” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda tajovuzkor xulqi uchun 53-daqiqada maydondan chetlatilgan “Istiqlol” jamoasi vakili R.Abduhamidov uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va unga nisbatan bir million so'm miqdorida jarima belgilandi.
Mazkur turning “Xorazm” – “Andijon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvining 18, 20, 51 hamda 80-daqiqalarida “Xorazm” jamoasi muxlislari hakamlar guruhiga nisbatan haqoratomuz so'zlar aytishdi, o'yindan keyin esa ularga qarata turli buyumlar uloqtirishdi. Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra “Xorazm” klubiga 30 million so'm miqdorida jarima solindi. Agar voqea yana takrorlangudek bo'lsa, klubga nisbatan yanada jiddiyroq intizomiy va jarima jazo choralari qo'llanishi belgilandi.
17-tur. “G'ijduvon” – “Labsa” uchrashuvining 83-daqiqasida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan mezbonlar vakili N.Rahmatullaev uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi hamda unga nisbatan 500 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar