So’nggi yangiliklar

13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  0 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  2 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  35 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  26 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6

Tartib-intizom qo'mitasi mushtlashuvda qatnashgan 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan murabbiylarga jazo tayinladi Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasi mushtlashuvda qatnashgan 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan murabbiylarga jazo tayinladi

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan “Professional futbol maktablari ligasi” O'zbekiston chempionati Futbol mahorat maktablari (futbol akademiyalari) musobaqasining 2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari o'rtasida Navoiy viloyatida bo'lib o'tgan ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs va munozaralarga sabab bo'lgan vaziyatlar bo'yicha kelib tushgan murojaat va etirozlar ko'rib chiqildi.

“Professional futbol maktablari ligasi” O'zbekiston chempionati Futbol mahorat maktablari musobaqasining 2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari o'rtasida Navoiy viloyatida o'tkazilgan 5-tur doirasidagi Jizzax FMM va Andijon FMM jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunidan so'ng ikki jamoa futbolchilari o'rtasida (jami 9 nafar) janjal sodir bo'lib, mushtlashuvga aylangan.

Uchrashuv bosh hakami tomonidan uchrashuv yakunlanganidan so'ng, Jizzax FMM jamoasining futbolchisi J.Ergashev jahl qilgan holda to'pni zarb bilan tepib yuboradi, to'p esa Andijon FMM futbolchisi A.Abdunabievga borib tegadi. SHundan so'ng ikki jamoa futbolchilari o'rtasida janjal sodir bo'lgan.

Bundan tashqari, “Professional futbol maktablari ligasi” O'zbekiston chempionati musobaqasi tashkiliy qo'mitasining bildirgisiga ko'ra, joriy yilning 17 oktyabr kuni mazkur musobaqaning 7-tur doirasida Buxoro FMM — Namangan FMM jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda sport principlariga xos bo'lmagan vaziyat aniqlangan.

Jumladan, “B” guruxining so'nggi 7-turida Andijon FMM, Navoiy FMM, Buxoro FMM va Namangan FMM jamoalarining keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor bo'lib, ushbu uchrashuvlar quyidagi holatda bir vaqtda boshlangan (uchrashuv davomiyligi 70 daqiqa, xar bir taym 35 daqiqadan):

Navoiy FMM — Andijon FMM soat 11:00, “Kimyogar” o'yingohi (Navoiy shahri);

Buxoro FMM — Namangan FMM soat 11:00, “Yoshlik” o'yingohi (Navoiy shahri).

Navoiy FMM — Andijon FMM uchrashuvining 69-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Axunov Meyirbek (Qoraqalpog'iston Respublikasidan) Andijon FMMning 17-raqamli futbolchisi o'z jarima maydoni ichida raqib futbolchisining oyog'iga zarba bergan va uchrashuv bosh hakami Andijon FMM darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasini belgilagan. Navoiy FMM jamoasi jarima zarbasini aniq amalga oshirib, 1:0 hisobida oldinga chiqib olgan. Bosh hakam tomonidan uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo'shib berilib, mazkur vaqt yakuniga etgach, Navoiy FMM jamoasi Andijon FMM jamoasi ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonadi.

O'zbekiston hakamlari markazi huzuridagi Ekspert-hakamlar markazining xulosasiga ko'ra, Navoiy FMM — Andijon FMM uchrashuvi bosh hakami tomonidan belgilangan 11 metrlik jarima zarbasi to'g'ri belgilanganligi qayd etilgan.

Buxoro FMM — Namangan FMM uchrashuvining 70-daqiqasiga qadar Namangan FMM jamoasi 2:1 hisobida oldinda borayotgan bo'lgan. Bosh hakam tomonidan qo'shib berilgan 4 daqiqa ichida Buxoro FMM jamoasi 70+2 va 70+4 daqiqalarda Namangan FMM jamoasi darvozasini shubhali tarzda ishg'ol qilgan. Eng achinarlisi, Namangan FMM va Buxoro FMM jamoalari futbolchilari gollardan so'ng bir-birlarini ochiqchasiga tabriklashgan. Bundan tashqari, Namangan FMM bosh murabbiyi tomonidan o'yinning 70+3 daqiqasida 3 ta himoyachi almashtirilib, ularning barchasi xamda darvozabon Buxoro FMM futbolchilariga qarshilik ko'rsatmasdan, atayin gol o'tkazib yuborganlar. Natijada, Buxoro FMM jamoasi ushbu uchrashuvda 3:2 hisobida g'alaba qozonib, “B” guruhidan 2-o'rin bilan pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

Mazkur uchrashuv bosh hakami Samandarov Ruslanning hamda boshqa yordamchi hakamlarning bildirishnomalarida uchrashuv davomida har ikkala jamoa futbolchilari va murabbiylari kelishganliklari bayon qilingan. Bundan tashqari, yuqoridagi uchrashuvlar Youtube.com ijtimoiy tarmog'i orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilgan bo'lib, mazkur holat keng jamoatchilikning va blogerlarning muhokamasiga sabab bo'lgan.

Yuqoridagilarga ko'ra, sportning futbol turi bo'yicha “Professional futbol maktablari ligasi” O'zbekiston chempionati musobaqasi Tashkiliy qo'mitasining 15.10.2022-yildagi yig'ilish bayoniga ko'ra, mushtlashuvda ishtirok etgan Jizzax FMM jamoasining futbolchilari J.Ergashev, D.Qo'ldoshev, A.Jumamurodov, F.Anarbaev, SH.Yalg'ashevlar hamda Andijon FMM jamoasi futbolchilari A.Abdunabiev, R.Omonboev, I.Ikromov, YA.Abduvaxobovlarga nisbatan 2022 yilning 31 dekabriga qadar O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan o'tkaziladigan har qanday Respublika musobaqalaridan chetlatish jazosi belgilangan.

SHuningdek, sportning futbol turi bo'yicha “Professional futbol maktablari ligasi” O'zbekiston chempionati musobaqasi Tashkiliy qo'mitasining 19.10.2022-yildagi yig'ilish bayoniga ko'ra, Namangan FMM va Buxoro FMMlarning 2006 yilda tug'ilgan jamoalari sport principlariga xos bo'lmagan kelishilgan o'yinda qatnashganliklari sababli 7-tur natijasi bekor qilinib, jamoalar “Professional futbol maktablari ligasi” O'zbekiston musobaqasidan chetlatilgan.

Yuqoridagilarga ko'ra, O'FA Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga asosan, Sportning futbol turi bo'yicha “Professional futbol maktablari ligasi” O'zbekiston chempionati musobaqasi Tashkiliy qo'mitasining 15.10.2022-yildagi yig'ilish bayoniga ko'ra, mushtlashuvda ishtirok etgan Jizzax FMM jamoasining futbolchilari J.Ergashev, D.Qo'ldoshev, A.Jumamurodov, F.Anarbaev, SH.Yalg'ashevlar hamda Andijon FMM jamoasi futbolchilari A.Abdunabiev, R.Omonboev, I.Ikromov, YA.Abduvaxobovlarga nisbatan 2022-yilning 31-dekabriga qadar O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan o'tkaziladigan har qanday Respublika musobaqalaridan chetlatish jazosi belgilanganligi malumot uchun qabul qilingan.

SHuningdek, O'FA Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga muvofiq, Buxoro FMM U-16 bosh murabbiyi A.T.SHaripov va Namangan FMM U-16 bosh murabbiyi Q.R.Mamajonovlarga O'FA Intizom kodeksining 5.44-bandiga asosan o'zaro uchrashuvda o'yin natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishuv uyushtirganliklari va qatnashganliklari uchun 1 yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish jazosi belgilangan.

Afsuski, bolalar futbolida shunga o'xshash ko'ngilsiz vaziyatlar uchrab turishi futbolimiz mavqeyiga salbiy tasir ko'rsatmoqda. O'zbekiston futbol associaciyasi barcha masul shaxslarni musobaqalarda sport principlarini hurmat qilishga chaqiradi va shu kabi holatlar aniqlangan taqdirda keskin choralar ko'rilishini malum qiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика