So’nggi yangiliklar

09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  0 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  1 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  14 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  10 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  90 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4

⚡️ Tarixiy rekordni takrorlagan SHomurodovning SHackix bilan statistikasini solishtiramiz. "Super Maks" gol urgan o'yinlarda O'zbekiston yutqazmagan Yangiliklar

⚡️ Tarixiy rekordni takrorlagan SHomurodovning SHackix bilan statistikasini solishtiramiz. "Super Maks" gol urgan o'yinlarda O'zbekiston yutqazmagan

O'zbekiston MTJ Boliviyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazib, Eldor SHomurodovning yagona goli evaziga zafar quchdi.

27 yoshli futbolchi milliy terma tarixidagi eng yaxshi to'purar – Maksim SHackixga etib oldi. Endi ularning ikkisida ham 34 tadan gol bor.

Ikki o'yinchining termadagi o'yinlari solishtirishga qaror qildik.

Maksim SHackix (1999 yil debyut qilgan va 2014 yil oxirgi o'yinini o'tkazgan)

61 uchrashuvda qatnashgan;

29 g'alaba;

14 durang;

18 mag'lubiyat.

O'rtoqlik o'yinlaridagi gollari – 7 ta (14 uchrashuvda);

JCH saralashi – 15 ta (28);

Osiyo kubogi final bosqichi – 4 ta (10);

Osiyo kubogi saralashi – 8 ta (9).

Malumot o'rnida, SHackix gol urgan o'yinlarda O'zbekiston MTJ umuman yutqazmagan: 24 uchrashuv, 19 g'alaba, 5 durang.

Bir martadan penta-trik (Xitoy-Taypeyi – 9:0) va xet-trik (Ozarbayjon – 5:1) qayd etgan. SHuningdek, 3 marta (Bangladesh – 5:0, Turkmaniston – 3:0, Bangladesh 6:0) dublga erishgan.

Golli seriya – 4 o'yinda 8 ta gol.

Eldor SHomurodov (2015 yil debyut qilgan va hozirgacha faoliyatini davom ettirmoqda)

62 uchrashuvda qatnashgan;

34 g'alaba;

7 durang;

21 mag'lubiyat.

O'rtoqlik o'yinlaridagi gollari – 17 ta (31 uchrashuvda);

JCH saralashi – 8 ta (22);

Osiyo kubogi final bosqichi – 4 ta (4);

Osiyo kubogi saralashi – 3 ta (3);

Boshqa musobaqalar – 1 ta (2).

Eldor gol urgan o'yinlardagi O'zbekiston MTJning statistikasi: 24 bahs, 17 g'alaba, 1 durang, 6 mag'lubiyat.

Ikki marta xet-trikka (Maldiv orollari – 4:0, Uganda – 4:2) va 6 marta (J.Sudan – 3:0, Falastin – 2:0, Singapur – 3:1, Suriya – 2:0, Turkmaniston – 4:0, Gruziya – 2:2) dublga erishgan.

Golli seriya – 5 o'yinda 7 ta gol.

*Alisher Nikimbaevning yozishicha, 2010 yil Estoniya va O'zbekiston (3:3) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida urilgan gollarning ikkitasi bazi manbalarda SHackixga (shunda 35 ta bo'ladi), boshqalarida avtogol sifatida qayd etilgan. Biroq, O'FAning avvalgi malumotlarida “Super Maks”ning termadagi gollari 34 taligi ko'rsatilgandi.

O'sha uchrashuv videosinin ko'rib, o'zingiz baho bering...

SHunday qilib, Eldor SHomurodov Venesuelaga qarshi 28 mart kuni (23:00) o'tadigan o'rtoqlik bahsida mutlaq rekordchiga aylanib olishi mumkin.

Uzbekistan

Jasur Yakhshiboev - 79'

Friendlies . 1-tur

29/03/2023, 00:00

1
:
1
Tugadi

Venezuela

Alexander Gonzalez - 7'

45'
90'
79'  Jasur Yakhshiboev
7'  Alexander Gonzalez

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика