So’nggi yangiliklar

10:07«Барселона» «Ливерпуль» футболчисига 70 миллион евро тўламоқчи  0 09:30Абдулвоҳид Ғуломов: «2025 йилги мавсумда муносиб иштирок этишга ҳар томонлама пухта тайёрланяпмиз»  4 08:48Мармушниннг «Манчестер Сити»даги ойлиги маълум  3 08:14Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Женоа»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:43Фарруҳ Зокиров: «Яратган вазиятларимизни голга айлантира олмадик»  0 02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  12 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  5 01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  17 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  3 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  8 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0

Tarixda shu kun. Yurgen Gyode uchun so'nggi bekat. Janubiy Koreya – O'zbekiston 2:1 Yangiliklar

Tarixda shu kun. Yurgen Gyode uchun so'nggi bekat. Janubiy Koreya – O'zbekiston 2:1

Tarixda shu kun ruknini davom ettiramiz. Mazkur sahifa orqali O'zbekiston terma jamoasining tarixdagi uchrashuvlari, xalqaro bellashuvlarni yodga olyapmiz.

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2006 saralash bosqichining hal qiluvchi bahslarini kutilmaganda muvaffaqiyatsiz boshladi. Dastlab o'z maydonimizda Osiyoning kuchli termasi Saudiya bilan durangga imzo chekishga majbur bo'ldik. Ilk tur, boz ustiga noqulay sanada o'tkazilgani bois oddiy qabul qildik. Ammo, ikkinchi turda safarda Quvaytdan uchralgan mag'lubiyat hammasidan o'tib tushdi. G'alaba qozonsa bo'ladigan o'yindagi salbiy natija hammani toqatini toq qilib bo'lgandi. Yulduzli tarkib, barcha narsa etarli edi. 

1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiy Yurgen Gyode istefoga chiqarilishi kutilgandi. Lekin, germaniyalik mutaxassisga yana bir imkoniyat berildi. Janubiy Koreya bilan safarda kechadigan navbatdagi bahs uning termada qolishi uchun ohirgi umid uchquni hisoblanardi. Har qanday holatda ham kareyslar maydonidan ochko bilan qaytilganda ham murabbiy o'rnini saqlab qolardi. Mag'lubiyat esa unga chiqish eshiklarini ko'rsatishi tayin edi. Quvayt bilan bellashuvdan besh kun o'tib vakillarimiz Seulga safar qilishdi. Oldinda bizni aytib o'tganimizdek maxoratli va jismonan kuchli futbolchilardan iborat Janubiy Koreya terma jamoasi bilan og'ir o'yin kutardi. Raqibni niderlandiyalik Pim Virbeek boshqarardi. Har bir davrda bizni mundial yo'lida oyog'imizni chaladigan Koreyadan bu safar ochko bilan qaytishimizga ishongandik. Bahsdan oldin tarkibimizda Mirjalol Qosimov va Maksim SHackixning yo'qligi rejalarga tasir ko'rsatmay qolmadi. Amalda Gyode mazkur o'yinda jiddiy rotatciyalarga qo'l urdi. Leonid Koshelev, Anvar Soliev asosiy tarkibdan joy oldi. Odatda “sehrli tayoqcha” zahiradan tushib qutqaruvchi vazifasini bajarardi. Maminov, Pashinin, Fyodorov kabi legionerlarning tajribasi bizga qo'l kelishini bilardik. Darajasi yuqori o'yinlarda tajriba muhim ahamiyat kasb etadi.

Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan mashhur “World Cup” stadionidan g'alaba bilan qaytish afsuski shu kuni futbolchilarimizning peshonasiga yozilmagan ekan. Koreyaliklarning ikki goliga Geynrixning javob to'pi etarli bo'lmadi. O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichidagi uchinchi uchrashuvda ham ochko yo'qotishda davom etdi. 

Yakunda Yurgen Gyode vazifasidan ozod etildi. Ushbu murabbiy 2003 yilda terma jamoamizga kelgan, o'shanda yoshlar terma jamoamizda 2003 yilgi kichik mundialda Viktor Barisovga yordamchi bo'lgandi. 2004 yilda terma jamoada Ravshan Haydarov bilan birgalikda faoliyat ko'rsatdi. Bosh murabbiy boshqa bo'lsada, ko'pgina qarorlarni Gyode qabul qilardi. SHunday bo'lsada u azaliy orzuimiz Jahon chempionatiga olib chiqa olmadi.

Toshkentda o'tgan javob uchrashuvida jamoani Ravshan Haydarov boshlab tushdi. Minglab muxlislar ko'z oldida alamli 1:1 ko'rinishidagi durang natija qayd etildi. Unda o'zbekistonlik murabbiy ko'proq mahalliy futbolchilarga ishonch bildirdi. Bugun eslab o'tgan uchrashuvimizdan so'ng Vladimir Maminov, Aleksey Polyakov, Oleg Pashininlar boshqa taklif qilinmadilar. Qisqasi rossiyalik legionerlar 2001-2005 yillar oralig'ida O'zbekiston terma jamoasi uchun harakat qildilar. Orada Dionisev, Georgiev, Agalarov kabi futbolchilar ham kam sonli o'yinlarda ishtirok etishdi. Afsus na legionerlar, na xorijlik murabbiylar maqsadimizga erishishimizga yordam bermadi. Janubiy Koreya biz uchun hamon "chaqilmas yong'oq" bo'lib qolmoqda.


JCH-2006 saralash bosqichi. 3-tur.

Janubiy Koreya – O'zbekiston - 2:1

30.03.2005. Seul. “World Cup” stadioni. 61000 tomoshabin.

Bosh hakam: Talat Najim (Livan)

Gollar: Li Yung Pyo  55, Li Dong Guk 62 - Aleksandr Geynrix 79.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Andrey Fyodorov, Asror Aliqulov, Oleg Pashinin, Aleksey Nikolaev, Leonid Koshelev (Andrey Akopyanc, 82), Server Jeparov, Vladimir Maminov, Ildar Magdeev (Marat Bikmaev, 50), Aleksandr Geynrix, Anvar Soliev.

Bosh murabbiy: Yurgen Gyode.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика