So’nggi yangiliklar

15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Qatar 4:0. Farhod Tojievning benefisi Yangiliklar

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Qatar 4:0. Farhod Tojievning benefisi

Bundan roppa-rosa 14 yil oldin O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2010 saralash bosqichi doirasida Toshkentda Qatar terma jamoasini qabul qilgan edi.

O'sha bosqichda terma jamoamizni ikki nafar murabbiy boshqargan. Rauf Inileev bilan boshlangan saralash turniri Mirjalol Qosimov bilan tugagan edi. Qatar bilan bahsga esa aynan Mirjalol Qosimov bosh murabbiy sifatida boshlab tushgan. Dohada kechgan bahsda Brunu Metsyu "brigadasi" 3:0 hisobida g'alabani tantana qilganini yodingizda bo'lsa kerak. Toshkentda kechgan javob o'yini mart oyining 28 sanasida o'tkazilgan bo'lib, shu kuni "Paxtakor" stadionida minglab ishqibozlar jamlagan edi, deya olamiz. Farhod Tojiev o'zining xet-trigi bilan muxlislarni xursand qilgan bo'lsa, yana bir golga Anvar Soliev mualliflik qilgan. 


JCH-2010 saralash bosqichi. 

O'zbekiston - Qatar 4:0

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 

Bosh hakam: Masud Moradi

Gollar: Farhod Tojiev 34, 45+2, 53, Anvar Soliev 62

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Hayrulla Karimov, Anvar G'ofurov, Sahob Jo'raev, Islom To'xtaxo'jaev (Stanislav Andreev), Server Jeparov (Timur Kapadze,46) Odil Ahmedov, Viktor Karpenko, Jasur Hasanov, Maksim SHackix (Anvar Soliev, 56) Farhod Tojiev

Zaxiradagilar: Aziz Ibragimov, Ilhom Suyunov, Temur Jo'raev, Vitaliy Denisov

Yakuniy hal qiluvchi raundda biz bilan birga guruhda Avstraliya, Yaponiya, Baxrayn ham o'rin olgan, JARdagi mundialga esa Avstraliya va Yaponiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Terma jamoamiz esa 4 ochko bilan so'nggi o'rinni egallagan, qaysidir manoda inqiroz yuzaga kelgan davrlar. Biz yodga olgan o'yin esa o'sha saralashdagi vakillarimizning yagona g'alabasi va xursandchiligi sifatida hamon eslanadi. 

Fotosuratlar uchun Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика