So’nggi yangiliklar

20:00Нима? "Барселона" Фати билан шартномани 2030 йилга қадар узайтирмоқчи  0 19:00"Менда ЖЧ ва иккита Америка кубоги бор, сенда эса..." – Паредес Родригонинг устидан кулди  13 18:30Салоҳ келажаги борасида бир қарорга келди  5 17:58«Реал» ҳимоячининг янги шартномаси бўйича ойлиги 7 бараварга ошади  2 17:37"Озоди"га файз бағишлаган мухлислар, баҳсни трибунадан кузатаётган Шерзод ва Остон — Эрон Ўзбекистон билан жанговар дуранг қайд этиб, ЖЧга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  16 17:27Аргентина ушбу натижага эришган тарихдаги илк жамоага айланди  7 16:56Расмий: ФИФА клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолиби қанча ишлаб олишини тасдиқлади  2 16:23Перес «Атлетико» устидан қозонилган ғалабадан сўнг «Реал» футболчиларини қандай мукофотлагани маълум бўлди  9 15:51Бентунинг ўрнига БААни бошқаришга асосий номзод номи маълум  14 15:16"Бавария" Дэвиснинг 6 ойга сафдан чиққанини маълум қилди, Упамекано ҳам бир неча ҳафтани ўтказиб юборади  2 14:44Грилиш "Манчестер Сити"ни "Челси"га алмаштириши мумкин  7 14:14Қирғизистон терма жамоаси бош мураббийи ва сардори Қатар устидан қозонилган сенсацион ғалабадан сўнг нималар деди?  14 13:44Холанд терма жамоа сафида европаликлар орасида Герд Мюллердан кейин энг тез 40 та гол урди  9 13:05"Манчестер Юнайтед" Португалия терма жамоаси вингери учун таклиф тайёрламоқда  4 12:25Сречко Катанец: "Кечаги ўйинда сўнгги йилларда амалга оширган барча ишларимизнинг натижасини кўрдим"  67

Tarixda shu kun. Geynrixdan gol va selfi, to'lib toshgan "Bunyodkor" stadioni yoxud O'zbekiston - Suriya 1:0 Yangiliklar

Tarixda shu kun. Geynrixdan gol va selfi, to'lib toshgan "Bunyodkor" stadioni yoxud O'zbekiston - Suriya 1:0

Bugun yurtimizda O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami keng nishonlanmoqda.

Biz esa yaqin shu kunda tarixda bo'lib o'tgan ajoyib uchrashuvlardan birini eslaymiz va o'sha zavqli onlardan yana bir bor bahramand bo'lamiz. Bundan roppa-rosa 6 yil oldin Geynrix terma jamoadagi so'nggi golini urgandi. Bu o'ziga hos tarix. Garchi bu bir gol bo'lsada, uning qiymati Sasha uchun ham, biz uchun ham yuqori edi. 

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichi hal qiluvchi raundi oldidan Suriya, Qatar, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya kabi terma jamoalar bilan bir guruhdan o'rin oldi. Aftidan guruhdan chiqishga imkoniyatimiz va kuchimiz etarlidek chamalangan edi. Aslida bizda imkoniyat har doim bo'lib kelgan, hattoki oxirgi turlargacha umid saqlanib qolingan. Lekin, nimadir etishmaydi. Birgina nimadir so'zini esa juda keng ko'lamli, uning zamirida esa juda ko'p mulohazalar yotibdi. Bu haqida esa keyinroq gaplashamiz. Milliy jamoamiz saralash bahslarini 1 sentyabr kuni Suriyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydigan bo'ldi, uchrashuvning ahamiyati yuqori, qiziqish baland edi. Saralashni g'alaba bilan boshlash esa vakillarimizga qo'shimcha kuch berishi tayin, boz ustiga shu vaqtga qadar terma jamoamiz barcha JCH saralash bosqichlarida hal qiluvchi raundni g'alaba bilan boshlamagandi. O'yindan oldin tarkibimizda ayrim yo'qotishlar ham yo'q emasdi. Markaziy himoyada Egor Krimec, Anzur Ismoilov juftligini o'ynatishni hush ko'ruvchi Samvel Babayan bu safar Krimecning diskvalifikaciyasi sabab undan foydalana olmaydi. Uning o'rnida esa markaziy yarim himoyachi Otabek SHukurov harakat qilgandi. 


SHu kuni o'yinga mezbonlik qilgan Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioni muxlislar bilan to'lib toshgan, haqiqiy anshlag kuztilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. CHempionat uchrashuvlariga qaraganda terma jamoa o'yinlariga muxlislarning ko'p tashrif buyurishiga odatiy hol hisoblanadi. CHunki bu - vatan jamoasi, vatan esa bitta, u tanlanmaydi. Tarkib, futbolchilarning saviyasi va darajasi jihatdan raqibidan ustun hisoblangan vakillarimiz uy to'p tepganiga qaramasdan jiddiy qarshilikka duch kelishgan, Suriya himoyada juda zich o'ynagan, futbolchilarimizga bo'sh hududlar qoldirmagan edi. To'p nazorati va o'yin tizgini milliy jamoamiz tomonida bo'lganiga qaramasdan to'p darvozaga kirishni istamayotgandi. 27-daqiqada jarima to'pidan uzatilgan to'pdan so'ng Islom To'xtaxo'jaev yo'llagan zarbaga raqib posboni Ibrohim Alma to'g'anoq bo'ldi. Yuqorida aytganimdek faqat hujum qiladigan jamoaga qarshi zich himoyalangan jamoa maydonga tushsa birinchi raqam ostida harakat qilgan jamoa vaziyat ko'p bo'lmaydi. Bu esa Suriya bilan bahsda o'z tasdig'ini topgandi. Ikkinchi bo'limning 56-daqiqasida Aleksandr Geynrixning zaxiradan maydonga tushishi barchada umid uchqunlarini uyg'otdi. CHunki, Sasha maydonga tushsa nafaqat muxlislar balki futbolchilar ham boshqacha kayfiyatda, ishonch bilan to'p tepadi. Umumiy qilib aytganda Geynrix kayfiyat o'yinchisi edi. 74-daqiqaga kelib nihoyat hisob ochildi. Burchak to'pidan so'ng Eldor SHomurodov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Odil Ahmedovning zarbasini posbon qaytardi, qaytgan to'pni zaxiradan o'yinga qo'shilgan Aleksandr Geynrix darvozaga joylab qo'ydi - 1:0. Stadion larzaga keldi, bu tarixiy gol, bu g'alaba goli bo'lgandi. Geynrix golni o'ziga hos uslubda nishonlaydi. 


Uchrashuvdagi xavfli vaziyatlar va golni tomosha qilish uchun havola: VIDEO



Golni nishonlash va selfi haqida Geynrixning o'zi shunday degandi: - Totti - haqiqiy afsona. Uning so'nggi o'yinini ko'rdim, futbol bilan xayrlashganini ko'rib yig'ladim. U singari golni nishonlaganimdan shodman. Suriya bilan o'yindagi selfi o'z-o'zidan kelib chiqdi. Nodirxo'ja Yuldashev menga telefonini uzatdi va ajoyib hissiyotlar ostida suratga tushdik.



Ushb jarayonni Nodirxo'ja Yuldashev quyidagicha eslaydi: - Suriya terma jamoasiga qarshi kechgan o'yindagi selfini eslab o'tsam. Undan avvalgi o'yinda Geynrix gol urdi va men uni chaqirdim, shovqindan eshitmadi. Bu haqda mashg'ulotda unga aytganimdan keyin, keyingi o'yinda albatta selfi tushishini aytdi. O'sha kuni u ikkinchi bo'limda maydonga tushdi, gol urdi. Quvonchli lahzalar, men katta ehtimol bilan unutgan degan hayolga bordim. Bir payt meni izlab, men tomon kela boshladi. Demak yodida va telefonimni tayyorladim. Bu selfi FIFA saytida ham etirof etildi. To'g'ri, bu bir shou edi xolos. Yakunda uning goli g'alaba va uch ochko keltirgandi.


Biz yodga olgan Sashaning goli, muhim g'alaba, takrorlanmas hissiyotlar ,unutilmas lahzalarni taqdim qilgani bilan ham qadrli va ahamiyatlidir.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика