So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  59 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

Tarixda qolgan chetlatishlar Yangiliklar

Tarixda qolgan chetlatishlar

Futbol tarixida nafaqat bir-biridan chiroyli gollar, balki g'aroyib chetlatishlar ham yuz bergan.

2018 yil. Buffon “Real” bilan o'yinda
CHempionlar Ligasi 1/4 final javob uchrashuvida bunday kambekdan so'ng, uchrashuvning so'nggi daqiqalari ekanini inobatga olib hakam qizil kartochka bermasa bo'lardi. Albatta, Benatiya o'sha vaziyatda Vaskesga nisbatan agressiv harakat qilib bekor qildi. Bu borada fikrlar ikkiga bo'lindi. Ammo maqsadga etay deganda hakam penalti belgilaganiga Janluijji chiday olmadi va “portladi”. Natijada hakam Buffonga qizil kartochka ko'rsatdi va uni haydab chiqardi. Ronaldu esa penaltidan adashmadi va “Real” yarim finalga chiqa oldi. Endi qancha bahslashsak ham natija o'zgarmaydi.

Bu o'yin ayniqsa, qizil kartochka tarixga kirishi aniq. Buffon katta ehtimol bilan ECHLdagi so'nggi o'yinini o'tkazdi. Ketar chog'i esa bir vaqtlar bir klubda o'ynagan va yaqin do'sti Zidan kabi “kalla qo'yish”i unga xotira bo'lib qoldi xolos.  

SHu o'rinda biz futbol tarixidagi boshqa eng shov-shuvli chetlatishlarni yodga olamiz.

2010 yil. Luis Suares Gana termasiga qarshi o'yinda
Qo'shib berilgan vaqt, JARdagi Jahon CHempionati chorak final o'yini. Gana Urugvay termasiga qarshi kurash olib bormoqda va g'olibga JCH medallari nasib etadi. Hisob 1:1, murosasiz bellashuv. So'nggi soniyalarda afrikaliklar niyatlariga erishishga juda yaqin edilar. Zarba, to'p darvozaga uchib ketayotgandi... Ammo Luis Suares qo'li bilan to'pni qaytarib qoladi va gol bo'lmaydi. Qizil kartochkaga "sazovor" bo'lgan futbolchi oradan bir-ikki daqiqa o'tgach, maydon tashqarisidan Gyanning zarbasi Muslera qo'riqlayotgan darvoza to'riga borib tushmaganiga guvoh bo'ladi. 

Bu orada Suares farzand kutayotgan turmush o'rtog'i bilan ham “smslashishga” ulguradi. Futbolchi ayolidan vaxima qilmaslikni so'raydi va barchasi yaxshi bo'lishini aytadi.

Natijada ayyorona harakat ish beradi va Urugvay yarim finalga chiqadi. Ammo u erda jamoa Gollandiya termasiga yutqazadi. Oradan bir oy o'tib – 5 avgustda Luis qiz farzandli bo'ladi.


1998 yil. Bekxem Argentinaga qarshi o'yinda
Bu qadar simulyant va raqiblar jig'iga tegadigan Simeonedan qanaqasiga bunchalik kuchli murabbiy chiqishi mumkin? Bunga hech kim javob topa olmasa kerak. Futbolchilik vaqtida Diego ko'pincha janjallarni boshlab, raqiblarga tinchlik bermasdi. SHunga o'xshash vaziyatlarning biri Bekxemning tarixiy chetlatilishi bilan tugagan. Franciyadagi JCH Argentina va Angliya to'qnashuvi. Simeone hali yiqilib ulgurmasdan hakamdan Bekhemni xavfli o'ynagani uchun chetlatishni so'ray boshlaydi.

Natijada, o'yin hisobi qizil kartochka berilayotgandagidek 2:2 holicha qoladi. Penaltilar seriyasida esa inglizlar ananaga muvofiq mag'lub bo'lishadi. Futbol lotoreyasida Bekhem jamoasiga katta yordam bera olmasligi mumkin edi. Ammo unga sariq kartochka ko'rsatish bilan cheklanishi mumkin edi. O'shanda futbolchi uyiga qaytganda, xuddi hammasiga yolg'iz u aybdordek qaramagan bo'lisharmidi?! O'yin qoidasi buzilgandi, biroq qizil kartochka... Bunda Simeonening hissasi katta!


2006 yil. Runi Portugaliya bilan “jangda”
Inglizlar — Jahon CHempionatlarining eng omadsiz ishtirokchilaridan biridir. CHorak final uchrashuvida hisob 0:0, Ueyn Karvalyu va Peti bilan bahsda oyoqda tura oldi, ammo behosdan Rikarduning nozik nuqtasini bosib oladi. Bu vaziyatda sariq kartochka to'g'riroq qaror bo'lardi. Sababi Runi raqibini ko'rmayotgandi. Ammo vaziyatga Ronaldu qo'shiladi va hakam Runiga qizil kartochka ko'rsatadi.

Krishtianu va Ueyn o'zaro munosabatlari buzilmadi, ammo o'sha chempionatdan so'ng, Krishtianuni Angliyada o'ziga xos ravishda kutib olishadi.


2011 yil. Van Persi “Barselona”ga qarshi
Kellini yaqinda “Real” va “Bavariya”da uchrashuvida ham hakamlar o'yindan tashqari holatlarni ko'rgisi kelmaganini takidladi, ammo “Barselona”ning UEFA hakamlari bilan bog'liq o'z tarixi bor. Misol uchun, etti yil oldin Gvardiolaning jamoasiga navbatdagi final yo'lida hakamlar ko'maklashib yuborishadi. “Arsenal” Londonda 2:1 hisobida zafar quchadi, javob o'yinida Buskets o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yadi, lekin oradan ko'p o'tmay, van Persi hakam hushtak chalganidan so'ng, hujumni yakunlab, darvozaga zarba bergani uchun Buzakka futbolchiga qizil kartochka ko'rsatadi. Gollandiyalik tribunalar shovqinida hushtakni eshitmay qolgan va uning zarbasi ham o'zi unchalik kuchli, bir raqibga zarar etkazish yoki zarda bilan amalga oshirilmagandi. Bunday hollarda ikkinchi sariq kartochka ko'pincha ko'rsatilmaydi.

Natijada kamchilik bo'lib qolgan “Arsenal”ning kuchi raqib hujumlariga dosh bera olmadi. Avvaliga Xavi gol urgan, keyin esa Messi penaltidan dublga erishadi. Kataloniyaliklar o'sha o'yinda yaxshiroq harakat qilgan, ammo nega hakamlar arzimagan joyda “Arsenal”ni kamchilikda qoldirishga qaror qilishgan ekan?

2006 yil. Zidan “kalla qo'ygan” kecha
Materacci sof italyan tilida “shirin” so'zlarni aytishni juda yaxshi biladi. Zidan ko'plab hujum vakillari singari, o'z manziliga so'kinishlarni eshitgan. Ammo bu safar gapga Zinedinning singlisi qo'shilgandi. Ortiqcha gaplari uchun Zidan Markoni ayab o'tirmadi. Himoyachi maydonga qulab tushdi. Suhbat tafsilotlarini futbolchilar uzoq vaqt tilga olishmagan. Lekin keyinroq Materacci bo'lgan gapni aytib bergan va bu Zidan amalga oshirgan harakatlarga arzimasligini takidlagan. Bu borada Zinedinning fikri boshqacharoq edi.

Natijada Jahon CHempionati final o'yini 109-daqiqasida Franciya jamoa sardori va etakchisisiz qoladi. Zidan shu tariqa faoliyatini yakunlaydi. Italiya esa Jahon Kubogiga ega chiqadi.

Albatta, Zidan bu ro'yxatda “eng zo'ri”, unga atab haykal ham qo'yishgan. Lekin har birimizning yodimizda qolgan o'ziga xos voqealar bor. Siz shunga o'xshash chetlatishlardan qaysilarini etirof etgan bo'lardingiz?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика