Tarixda ilk marta futbolchini bitkoin evaziga sotib olishdi

Aslanov Jasurbek
1 fev 2018, 17:15
Turkiyaning havaskor klubi "Xarunustaspor" Umar Farruh Kirogluni bitkoin evaziga sotib oldi.

"Xarunustaspor" Kiroglu uchun 0,0524 bitkoin (547 dollar) va naqd pulda 540 dollar to'ladi.

Klub boshqaruv qo'mitasi a'zosi Xaldun Sexitning so'zlariga ko'ra, bu transfer futbol tarixida ilk marta kriptovalyuta evaziga amalga oshdi.

Sexit ushbu kelishuvdan mamnun. "Yaratgan istasa, bitkoin bizga chempionlikni olib keladi" - deydi u.

"Xarunustaspor" Sakari havaskorlar ligasining birinchi divizionida ishtirok etadi.

Ayni damda bir bitkoin narxi 9617,4 dollar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Lenta.ru