Tarixda ilk bor Osiyo Kubogi o'yinini ayol hakam boshqarmoqda
13 jan 2024 17:02
Yangiliklar
Tarixda ilk bor Osiyo Kubogi o'yinini ayol hakam boshqarmoqda
Qatarda o'tkazilayotgan Osiyo kubogining birinchi turidan o'rin olgan Avstraliya va Hindiston o'rtasidagi o'yin start oldi. Etiborlisi shundaki, ushbu Osiyo kubogi o'yinini tarixda ilk bor ayol hakam boshqarmoqda. Yaponiyalik Yoshimi Yamashita Osiyoning eng nufuzli futbol turnirida ishlagan birinchi ayol hakamga aylandi. Yoshimi Yamashitaga qanotlarda hamyurtlari Makoto Bozono va Naomi Teshirogi yordam bermoqda.
Malumot uchun, 37 yoshli Yoshimi Yamashita Yaponiyadan bo'lgan birinchi professional ayol hakam hisoblanadi. U 2015 yilda FIFA referisiga aylangan. Tokiodan bo'lgan Yoshimi Yamashita Yaponiya J1 ligasida bosh hakam sifatida faoliyat olib borgan ilk ayol referidir. Bundan tashqari, Yoshimi Yamashita 2022 yil Qatarda o'tkazilgan Jahon chempionatida faoliyat olib borgan oltita ayol hakamdan biri sanaladi. Qatarda o'tkazilgan mundial ayol hakamlar ishlagan tarixdagi ilk Jahon chempionati edi.
Malumot uchun, Avstraliya va Hindiston terma jamoalari Osiyo kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan bitta guruhdan o'rin olishgan.
Fikrlar