So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Tarixda bugun: Yulduzli "Paxtakor"ning OCHLdagi 11 yil oldingi irodali g'alabasini yodga olamiz Yangiliklar

Tarixda bugun: Yulduzli "Paxtakor"ning OCHLdagi 11 yil oldingi irodali g'alabasini yodga olamiz

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: SHomurodov, Hamdamov, SHukurov va Satosi bor "Bunyodkor" OCHLda gol urolmay engilgan o'yin

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2009 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "A" guruhidan joy olgan "Paxtakor" "Al Hilol" (S.Arabistoni), "Sabo Qum" (Eron) va "Al Ahli" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. O'shanda yulduzli tarkibga ega bo'lgan "sherlar" guruhda 13 ochko bilan "Al Hilol" (14 ochko)dan keyin ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishgan.

Bitta o'yindan iborat va o'z guruhi g'olibi bo'lgan klub maydonida o'tgan nimchorak final bahsida Viktor Jalilov shogirdlari Saudiya Arabistonida "Al Ittifoq" mehmoni bo'lishgan. Geynrixning jarima zarbasidan kiritgan o'sha mashhur goli evaziga chorak final yo'llanmasi qo'lga kiritilgan. CHorak finalda esa ikki o'yin natijasiga ko'ra keyinchalik OCHL-2009 finaliga etib borgan "Al Ittihod" (S.Arabistoni)ga imkoniyat boy berilgan (1:1, 0:4). SHu tariqa, yosh Odil Ahmedov sardorligidagi "Paxtakor" o'sha mavsum CHempionlar ligasida o'z yurishini chorak finalda to'xtatishga majbur bo'lgan. O'sha mavsum OCHLda "Paxtakor" to'purari Zayniddin Tojiev bo'lgandi. Tojievlarning eng kattasi 5ta gol urgandi, ajoyib natija.

OCHL-2009 guruh bosqichining 4-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Sabo Qum"ni qabul qilgan. O'sha uchrashuvning 5-daqiqasidayoq forslar hisobni ochishgan. Keyinchalik Ahmedov va Andreev tomonidan kiritilgan gollar evaziga irodali g'alaba tantana qilingan.

P.S. 11 yil oldingi o'yindan tarixiy suratlarni taqdim etgan taniqli fotograf Hasan Pirmuhammedovga alohida minnatdorchilik bildiramiz.


OCHL, "A" guruhi
4-tur
, 22.04.2009
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 17000 tomoshabin
"Paxtakor" - "Sabo Qum" 2:1
Bosh hakam:
Peter Grin (Avstraliya)
Gollar: O.Ahmedov 36 (pen.), S.Andreev 49 - M.Nuri 5

"Paxtakor": 12.Ignatiy Nesterov, 27.Ilhom Suyunov, 4.Boyan Miladinovich, 5.Asror Aliqulov, 24.Anzur Ismoilov, 7.Darko Markovich, 25.Odil Ahmedov, 26.Dilshod SHarofutdinov (14.SHerzod Karimov, 46), 28.Stanislav Andreev, 15.Aleksandr Geynrix (11.Sadriddin Abdullaev, 75), 10.Farhod Tojiev (29.Zayniddin Tojiev, 59).
Zaxira: 1.Eldor Tojiboev, 2.Ahrol Risqullaev, 3.G'ulom O'runov, 21.Kamoliddin Tojiev.

"Sabo Qum": 1.Almir Tolya (18.Ershad Yusufi, 46), 2.Morteza Kashi, 7.Hamrang Muhammad, 8.Mohsen Bayat, 10.Kolankay Adel, 14.Muhammad Nuri, 17.Fazlimalidareh Fereydun, 22.Mustafo Mahdizoda (5.Hamid Sarabadani, 65), 23.Amirhusseyn Feshangchi, 25.Morteza Asadi, 30.G'ulomrizo Rizoi (28.Ali Amiri, 83).

Ogohlantirishlar: O.Ahmedov 13, F.Tojiev 45 - F.Fereydun 37, K.Adel 45+1, M.Bayat 50

11 yil oldin aynan shu sanada "Paxtakor" stadioniga fors klubiga qarshi o'yinni jonli ko'rish uchun 17 ming muxlis kelgandi.


Ustoz fotograf Anvar aka Ilyosov kadrlarni tarixga muhrlamoqdalar.


Bugungi kunda OFK tizimida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik mutaxassis Sanjar Rizaev.


"Sabo Qum" tarkibida eng mashhur o'yinchi 30-raqamdagi hujumchi G'ulomrizo Rizoi edi.


"Paxtakor" esa yulduzli tarkibga ega edi. Siz boshlang'ich tarkibda tushganlarni ko'rayapsiz, hali zaxiradan tushganlar va o'yinda ishtirok etmagan yulduzlar ham talaygina, bu haqda keyinroq.


"Paxtakor" bosh murabbiyi Viktor Jalilov.


Aleksandr Geynrix OCHL-2009da ikkita gol urgan, ikkinchi goli haqida yuqoriroqda yozgandim ("Al Ittifoq" darvozasiga jarimadan kiritgan).


"Sabo Qum" ustozi Mami Nazar Zadeh Masud.


To'p uchun kurashda Morteza Asadi va Dilshod SHarofutdinov.


Muxlislar o'ziga xos ulkan libosni ko'tarishgandi.


Sasha va Amirhusseyn sinxron raqsga tushishmoqda)


Muhammad Nuri 5-daqiqadayoq hisobni ochganda hali biz ham gol nishonlangan kadrni tushiramiz deb "Paxtakor" hujum qiladigan tomonda o'tirgan fotograflar Hasan Pirmuhammedov, Xayrulla Xoliqov va Nodirxo'ja Yuldashev.


"Sabo Qum"ga qarshi o'yindan bir kun oldin 24 yoshga to'lgan Anzur Ismoilov (raqami ham 24 bo'lgan o'sha paytda) Fazlimalidareh Fereydunga qarshi.


Ikki ajoyib hujumchilar Aleksandr Geynrix va G'ulomrizo Rizoi to'qnashuvi. Ehtimol jismoniy jihatdan Rizoi kuchliroq bo'lgandir, lekin hujumchi sifatida Geynrix kuchliroq bo'lgan men uchun.


Bunday yotishlar Geynrixga yarashorardi, boshqalarga sholpillab qolardi))


"Paxtakor"ga irodali g'alaba keltirgan gollarni kiritgan 22 yoshli Odil Ahmedov va 21 yoshli Stanislav Andreev bir suratda.


Boyan Miladinovich Fazlimalidareh (o'sha uchrashuvni sharhlab borgan sharhlovchiga havas qilmadim:))ga qarshi.


O'zbekiston terma jamoasida eng ko'p o'yin (106) o'tkazgan darvozabon - Ignatiy Nesterov. Ignat terma jamoada ko'p o'yin o'tkazish borasida umumiy ro'yxatda Server Jeparov (126 o'yin) va Timur Kapadze (119 o'yin)dan keyin uchinchi o'rinda turadi.


Bonus. "Paxtakor" - "Sabo Qum" (2:1) uchrashuvi qaydnomasi.

Qanday o'yinchilar o'sha kuni o'ynamaganini o'zingiz ko'rishingiz mumkin.


P.S. "Championat.asia" o'quvchilarini oldinda yana bir tarixiy o'yinning suratlari kutib turibdi, ishoning kutganingizga achinmaysiz. 17 yil oldingi OCHL yarim finali doirasida Toshkentda o'tgan bellashuv haqida birozdan keyin bizda o'qiysiz va rasmlarni tomosha qilasiz.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика