So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Tarixda bugun: Odil Ahmedov xet-trik qilgan 10 yil oldingi OCHL o'yini Yangiliklar

Tarixda bugun: Odil Ahmedov xet-trik qilgan 10 yil oldingi OCHL o'yini

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: O'z mamlakatining bayroqdorlari "Paxtakor" va "Al Hilol"ning 13 yil oldingi to'qnashuvi

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2010 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "C" guruhidan joy olgan "Paxtakor" "Al SHabab" (S.Arabistoni), "Sepaxon" (Eron) va "Al Ayn" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. O'shanda "sherlar" guruhda 9 ochko bilan "Al SHabab" (10 ochko)dan keyin ikkinchi o'rinni egallashgan va 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritishgan.

Afsuski, bitta o'yindan iborat va o'z guruhi g'olibi bo'lgan klub maydonida o'tkazilgan nimchorak final bahsida Miodrag Radulovich boshchiligidagi "Paxtakor" Qatarda "Al Garafa"dan 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan. SHu tariqa, 2010 yilgi mavsumda toshkentliklar OCHLdagi yurishlarini nimchorak finalda to'xtatishgan.

OCHL-2010 guruh bosqichining 5-turida "sherlar" o'z maydonlarida "Al Ayn"ni qabul qilishgan. O'sha uchrashuv Odil Ahmedovning benefisiga aylanib ketgandi. Bugungi kunda terma jamoamiz sardori bo'lgan Ahmedov amirliklar klubi darvozasini 3 bor aniq nishonga olgan va jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etgan.

P.S. 10 yil oldingi o'yindan tarixiy suratlarni taqdim etgan taniqli fotograf Hasan Pirmuhammedovga alohida minnatdorchilik bildiramiz.


OCHL, "C" guruhi
5-tur, 13.04.2010
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 14600 tomoshabin
"Paxtakor" - "Al Ayn" 3:2
Hakamlar:
Metyu Briz (Avstraliya)
Gollar: O.Ahmedov 9, 12, 29 - X.Valdiviya 2, I.Suyunov 20 (avt.)

"Paxtakor": 33.Eldor Tojiboev, 4.Boyan Miladinovich, 21.Kamoliddin Tojiev, 19.Aleksandr Kleckov, 27.Ilhom Suyunov, 6.Murod Xolmuhammedov (14.SHerzod Karimov, 37), 7.Darko Markovich, 25.Odil Ahmedov (13.Oybek Qilichev, 90), 28.Stanislav Andreev, 11.Asqar Jadigerov, 35.Aleksandr Geynrix (23.Alisher Azizov, 88).
Zaxira: 30.Temur Jo'raev, 5.Akbar Ismatullaev, 8.Akmal Xolmatov, 9.Milorad Yanush.

"Al Ayn": 12.Volid Salem, 26.Saif Muhammad (11.Ahmad Ali, 46), 44.Faris Juma, 4.Musallam Fayoz, 5.Ismoil Ahmad, 50.Li Ho (19.Muhannad Salem, 46), 10.Xorxe Valdiviya, 7.Ali Al Vehaibi, 40.Abdulloh Malallah, 2.Abdulaziz Fayoz (20.Muhammad Abdulrahmon, 69), 8.Emerson SHeik.

Ogohlantirishlar: D.Markovich 23, SH.Karimov 52, A.Geynrix 61 - S.Muhammad 28, X.Valdiviya 35, I.Ahmad 42, M.Fayoz 55, Emerson SHeik 69
CHetlatish: Emerson SHeik 90

"Al Ayn"ning boshlang'ich tarkibi.



Hali 23 yoshga ham to'lmagan Odil Ahmedov "Paxtakor" sardori bo'lgan paytlar.


"Al Ayn"ni braziliyalik Tonino Serezo boshqarardi (chapdan birinchi).


Andreev to'pni Ali Al Vehaibidan olib qo'yishga urinmoqda.


Afsuski, stadionga kelganlarning tabi 2-daqiqadayoq xira bo'lgandi. Xorxe Valdiviya chap qanot o'tkir burchakdan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirgandi.


- Yigitlar, kayfiyatni tushirmaymiz. Hozir biz ham birinchi golimizni uramiz...


- Mio, birinchi golim yoqdimi?


Odil Ahmedov shu kuni 20 daqiqa ichida 3ta gol urgandi.


Boyan Miladinovich shaxsan men uchun o'zbek klublarida o'ynagan eng kuchli legioner himoyachi.


Hasan Pirmuhammedovdan ajoyib kadr.


Odil Ahmedov Osiyo CHempionlar ligasida xet-trik qayd etgan tarixdagi birinchi o'zbekistonlik futbolchi hisoblanadi.


Ilhom Suyunov va Emerson SHeik to'p uchun kurashda. Suyunov 20-daqiqada o'z darvozasiga gol urib qo'ygan bo'lsa, Emerson 90+daqiqada ikkinchi sariq va ketidan qizil kartochka olgan. O'sha kuni o'z jamoasi uchun zarar keltirgan ikki o'yinchi bir suratda, qiziq kadr)


Radulovich zaxiradan maydonga tushishga taraddud ko'rayotgan SHerzod Karimovga ko'rsatma bermoqda.


Samvel Babayan ham Karimovga maslahat berishga chog'lanmoqda.


Aleksandr Geynrix o'sha mavsum OCHLda bitta gol urgandi ("Sepaxon"ga qarshi 3-tur o'yinida).


- Odil, bugun avjiga chiqding. Barakalla!


Tabiiyki, Ahmedov uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgandi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика