So’nggi yangiliklar

17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  0 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  0 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  5 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  3 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  12 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  6 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  8 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1

Tarixda bugun: Bikmaevning benefisi, 2ta penalti, 8ta gol va guruhdagi oxirgi o'rin Yangiliklar

Tarixda bugun: Bikmaevning benefisi, 2ta penalti, 8ta gol va guruhdagi oxirgi o'rin

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: "Uch boshli ajdar". "Bunyodkor" 3 yillik tanaffusdan keyin OCHLda g'alaba qozongan o'yin

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2017 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "A" guruhidan joy olgan "Lokomotiv" "Al Taavon" (S.Arabistoni), "Istiqlol" (Eron) va "Al Ahli" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. Afsuski, o'shanda Mirko Yelichich va Andrey Miklyaev boshchiligidagi "temiryo'lchilar" guruhda 5 ochko bilan oxirni o'rinni band etishgan. "Al Taavon" ham xuddi shuncha ochko to'plagan, bu ikki jamoaning to'plar nisbati ham bir xil bo'lgan: 7-12. O'zaro o'yinlardagi ustunlik evaziga saudiyaliklar uchinchi bo'lishgan. Saudiya Arabistonida o'tkazilgan uchrashuvda mezbonlar "Loko"ni Talal Al Absining yagona goli evaziga mag'lub etishgan. Toshkentdagi bahsga esa quyida to'xtalamiz.


OCHL-2017 guruh bosqichining 5-turida "temiryo'lchilar" o'z maydonlarida "Al Taavon"ni qabul qilishgan. O'yindan oldin har ikki jamoa ham guruhdan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab turgandi. SHu sabab tomonlar katta ishtiyoq va jangovar kayfiyatda maydonga tushib kelishdi. Afsuski, "Lokomotiv" o'yin davomida 2 to'p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay g'alabani ushlab qola olmagan. 81-daqiqada Masharipov bir qarashda g'alaba to'pini kiritgandek bo'lgandi, ammo 90+1-daqiqada Rikardo Machadoning bosh bilan bergan zarbasi muvozanat tiklanishiga olib kelgandi.


OCHL-2017, "A" guruhi
5-tur
, 25.04.2017
Toshkent, "Lokomotiv" stadioni, 3155 tomoshabin
"Lokomotiv" - "Al Taavon" 4:4
Bosh hakam:
Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar)
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri, Saud Ahmad Almaqaleh (ikkisi Qatar)

Gollar: M.Bikmaev 19, 32 (pen.), 48, J.Masharipov 81 - A.Al Suvat 17, J.Al Hussayn 65, A.NDiaye 69, R.Machado 90+1.
Amalga oshirilmagan penalti: R.Machado 37 (darvozabon)

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yuldashov, 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikromjon Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 15.Sardor Mirzaev (22.Murodbek Bobojonov, 85), 18.Timur Kapadze (17.Salim Mustafoev, 75), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 33.Oleg Zoteev, 77.Diyorjon Turopov (29.Quvondiq Ro'ziev, 67), 99.Jaloliddin Masharipov.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 11.Sadriddin Abdullaev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 37.SHerzod Fayziev.

"Al Taavon": 22.Fahad Al SHammari, 3.Abdulloh Kano, 4.Rikardo Machado, 10.Jihod Al Hussayn, 14.Muhammad Abusaban (6.Abdulrahmon Al Baraka, 46), 16.Naif Musa, 17.Mahmud Muaz, 19.Alassan NDiaye, 27.Said Al Dosari 29.Lusian Sanmartin (70.Muhammad Al Saiari, 62), 80.Abdulmajid Al Suvat (11.Saqr Otayf, 88).
Zaxira: 23.Sulton Al Gamdi, 18.Mido, 28.Abdulloh Al SHammari, 37.Abdulaziz Al SHarid.

Ogohlantirishlar: M.Bikmaev 40 - N.Musa 7, M.Al Saiari 77.

3 yil oldin asosiy tarkibda tushganlardan 5 nafari hozir ham "Lokomotiv"da. Bular: Nesterov, Bikmaev, Maxaradze, Zoteev va Turopov.


Yelichich va Miklyaev juftligi.


Masharipov "Loko"da ijara asosida to'p tepgandi.


To'p uchun kurashda Diyor Turopov va Alassan NDiaye.


"Lokomotiv" stadioni media tribunasi.


Marat Bikmaev OCHL-2017da jami 5ta gol urgan.


Bikmaev birinchi golini kiritganidan keyin.


37-daqiqada Rikardo Machadoning penaltidan bergan zarbasini Ignatiy Nesterov qaytargan.


Diyor Turopov Bikmaevning uchinchi goliga assistentlik qilgandi.



Marat o'sha kuni xet-trik qayd etgandi.


Masharipov bitta gol urgan va bitta golli pas bergandi, bundan tashqari Marat penaltidan ikkinchi to'pini kiritganda 11 metrlikni ham Jaloliddin ishlagandi.


Abdulmajid Al Suvat to'pni Ikrom Aliboevdan olib qo'yishga harakat qilmoqda.


Uchrashuv Bikmaevning benefisiga aylangandi, ammo bu ham g'alaba uchun etarli bo'lmadi.


O'yin qahramoni Maratning otasi va turmush o'rtog'i.


Bahsning 65-daqiqasida Jihod Al Hussayn "Loko" jarima maydonida yuzaga kelgan pala partishlikdan foydalanib hisobni qisqartirgan - 3:2.


Sardor Mirzaev va to'p.


- Yigitlar, himoyani ushlaymiz. Ularni shtkazmasligimiz kerak...


Afsuski, Alassan NDiaye jamoasining uchinchi golini kiritgan va muvozanatni tiklagan.


81-daqiqada jarima maydoniga yorib kirgan Masharipov o'ng oyoqda darvozaning yaqin pastki burchagini aniq nishonga olib jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi - 4:3.


Xose Gomes: Yigitlar, bo'shashmang. Biz ham to'rtinchisini uramiz...


- Nima desangiz shu, boss!


Birinchi bo'limda penaltini urolmagan "Al Taavon" sardori Rikardo Machado 90+1-daqiqada gol urib aybini yuvgandi.


Hisob 4:4 va yakunda har ikki jamoa ham guruhda qolib ketgan.


Xose Gomes: "Lokomotiv" bilan fantastik o'yin bo'ldi"

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика