Taqdirning hazilimi yoki shunchaki tasodif?
16 noy 2013 20:15
Yangiliklar

Taqdirning hazilimi yoki shunchaki tasodif?
Futbolda bir-biridan qiziq xolatlar ko'p uchrab turadi. Xususan aka-ukalarning bir vaqtning o'zida bitta jamoa tarkibida harakat qilganiga guvoh bo'lganmiz.
Yoki aka-ukalar bir-biriga raqib sifatida o'ynashgan. Bu yilgi mavsumda jamoalar tarkibiga nazar tashlab shuni ko'rish mumkinki, oliy va birinchi ligamizda bir xil ism-familiyadagi futbolchilar bor. Boshqacha aytganda, Akmal Xolmatov, Dilshod Jabborov, Akbar Ismatullaev kabi nomlar haqida gap ketganida muxlislar avvalo "Lokomotiv" va "Paxtakor" futbolchilarini eslashadi. Lekin bunday ism-familiyadagi futbolchilar faqatgina oliy ligada emas.
CHempionatimizning keksa legioneri Akmal Xolmatov allaqachon muxlislar qalbidan joy olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Tojikistonlik futbolchining bu yil "Lokomotiv"ga juda katta foydasi tegdi deyish mumkin. 38 yoshni qarshi olayotgan bo'lishiga qaramay, Xolmatov boshqalarga o'rnak bo'la oldi. Etiborlisi o'zimizdan ham shunday ism familiyadagi futbolchi etishib chiqmoqda. Aniqrog'i, Samarqandning "Registon" jamoasida ham Akmal Xolmatov degan o'yinchi bor. Kichik Xolmatov oliy ligadagi adashidan naqd o'n yoshga kichik ekanligini ham aytib o'tish lozim. Dilshod Jabborov haqida gap ketganida o'quvchilarimiz tasavvurida "Loko" yarim himoyachisi gavdalanadi. CHunki birinchi ligada ham Dilshod Jabborov borligini ko'pchilik bilmasa kerak. 1991 yilda tavallud topgan Jabborov bu yil "Registon" uchun foydali o'yinchi bo'ldi deyish mumkin. Uning ikkinchi bosqichda 9ta gol urgani ham so'zimizga isbot bo'la olsa ajab emas. Etiborlisi kichik Jabborov ham "Registon" klubi azosi sanaladi. Katta Akmal Xolmatov bilan Dilshod Jabborovning oliy ligada bitta klub azosi ekanligini yaxshi bilasiz. Etiborlisi ularning birinchi ligadagi adashlari ham bitta klub sharafini himoya qildi. Bu taqdirning hazilimi yoki shunchaki, tasodif?
Birinchi va oliy ligadagi adashlar xususida gap ketganida Akbar Ismatullaevlarga ham to'xtalib o'tish darkor. Bu ism familiyadagi futbolchi aytilganida ko'pincha, "Paxtakor" himoyachisi esga olinadi. Lekin undan ikki yoshga katta bo'lgan yana bir Akbar Ismatullaev borligini ko'pchilik bilmaydi. Extimol birinchi ligadagi Akbar Ismatullaev "Alanga"da o'ynayotgani uchun ham ishqibozlar yaxshi bilishmasa kerak.
Bu yil birinchi ligada ham oliy ligada ham bittadan Rustam Azamov ism familiyadagi futbolchilar o'ynadi.
Katta Azamov birinchi ligada "Mashal" sharafini himoya qilgan bo'lsa, uning adashi birinchi davrada "Lokomotiv" va ikkinchi davradan "Navbahor" uchun o'ynadi. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, bu ikki adashlar ilgari "temiryo'lchilar" safida birga harakat qilgandi.
Adashlar to'g'risidagi ro'yxatni uzunroq bo'lishiga, Jasur Hasanovlar ham aybdor. Sababi oliy ligada "Bunyodkor" va "Lokomotiv"dagi Jasur Hasanovdan tashqari yana bir shunday ism familiyadagi futbolchi birinchi ligada o'ynadi. Bu jizzaxlik boshqa bir Jasur Hasanovdir. Futbolchining "Zomin" sharafini himoya qilganini aytib o'tish kerak.
Jamshid Hasanovlar xususida so'z borganda, "Mashal" hujumchisi eslanishi mumkin. CHunki 25 yoshli Hasanov birinchi ligada to'purarlik mahoratini namoyish etdi. Uning oliy ligadagi adashi esa "Buxoro" tarkibida ko'p ham asosiy tarkibda o'ynamagani uchun kichik Jamshid Hasanovni muxlislar hozircha to'liq tanib ulgurmadi.
Islombek Ismoilovlar hozircha O'zbek futboli jamoatchiligiga unchalik ham yaxshi taniqli emas. Ularning kichigi, birinchi ligada "Surxon" darvozaboni hisoblanadi. Yosh posbon birinchi bosqichda jamoasining asosan 2-raqamli darvozaboni sifatida o'ynadi.
Islombek Ismoilovlarning kattasi oliy ligada "Navbahor" sharafini himoya qildi. Takidlash kerakki, ushbu futbolchi ayni damda "Paxtakor"ni boshqarayotgan Murod Ismoilovning to'ng'ich o'g'li sanaladi.
Maqolamiz so'nggida adashlarning biri oliy ligada murabbiy yana biri esa birinchi ligada futbolchi ekanligiga to'xtalib o'tishni lozim topdik. Bular Ravshan Haydarovlar va Rustam Zabirovlardir. Katta Haydarovni ko'pchilik yaxshi biladi, "Dinamo"ga ustozliq qilib kelmoqda. Uning adashi esa bu yilgi mavsumni "Qo'qon-1912" tarkibida o'tkazdi. 1994 yili tug'ilgan kichik Ravshan Haydarov o'z vaqtida Meksikada o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgandi.
Murabbiy Rustam Zabirovni ham o'quvchilarimiz yaxshi bilishadi. Ammo uning oxirgi paytlarda hech omadi chopmayapti. Bu yil malum muddat "Qizilqum"ni boshqardi. Ammo keyinchalik jamoani tark etdi. Zabirovning futbolchi adashi ham bor. Bu "Spartak"ning yosh himoyachisi Rustam Zabirovdir.
Islombek Rustambekov

Fikrlar