Tanzaniya terma jamoasi futbolchilari Afrika Kubogi-2019 ga yo'llanma olganligi sabab er bilan mukofotlandi
28 mar 2019 08:05
Yangiliklar


Tanzaniya terma jamoasi futbolchilari Afrika Kubogi-2019 ga yo'llanma olganligi sabab er bilan mukofotlandi
Tanzaniya terma jamoasi 39 yil ichida ilk bor Afrika Millatlar Kubogi musobaqasining final bosqichiga yo'l oldi.
Jamoa o'z guruhida ikkinchi o'rin bilan final bosqichiga chiqdi.
“L'Equipe”nashri xabariga ko'ra, Tanzaniya terma jamoasining har bir o'yinchisiga er maydoni sovg'a qilingan.
Joriy yilgi Afrika Kubogi 21 iyundan 19 iyulga qadar Misr davlatida bo'lib o'tadi.
Barcha ishtirok etuvchi davlatlar: Senegal, Madagaskar, Marokash, Kamerun, Mali, Burundi, Aljir, Benin, Nigeriya, JAR, Gana, Keniya, Zimbabve, DR Kongo, Gvineya, Kot-dIvuar, Angola, Mavritaniya, Tunis, Misr, Gvineya-Bisau, Namibiya, Uganda, Tanzaniya.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar