Tanzaniya prezidenti "Simba" klubini ACHL chorak finaliga chiqqani uchun mukofotladi
05 mar 2024 23:41
Yangiliklar
Tanzaniya prezidenti "Simba" klubini ACHL chorak finaliga chiqqani uchun mukofotladi
Tanzaniyaning “Simba” klubi rahbari Salim Abdulla Afrika CHempionlar ligasida chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritganidan so'ng, o'z futbolchilarini zudlik bilan mukofotladi.
"Simba" futbolchilari Botsvananing "Gvaneng Gelaksi" klubi ustidan 6 ta gol farqi bilan g'alaba qozongan o'yin yakunlanganidan so'ng darhol ularga pul tarqatildi.

Tanzaniya prezidenti Samiya Suluh tomonidan ajratilgan mukofot sport vaziri Damas Ndumbaro jamoa ishtirokidagi o'yin yakunlangach, kiyinish xonasiga tushib, katta miqdorda banknotalar solingan sumkani topshirgan.
"Simba" o'yinchilariga ajratilgan mukofot puli 500 million Tanzaniya shillingini (197 ming AQSH dollari) tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Simba" Kot-d'Ivuarning "ASEK" jamoasidan keyin guruhda 2-o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar