So’nggi yangiliklar

15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  6 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1

Tanishing: Ular JCH-2015da ishtirok etadilar. 1-qism Yangiliklar

Tanishing: Ular JCH-2015da ishtirok etadilar. 1-qism

Bugun Yangi Zelandiyada yoshlar (U-20) o'rtasidagi jahon chempionati start oldi.
Ushbu mundialda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Ravshan Haydarov shogirdlari Germaniya, Gonduras va Fiji terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Bosh murabbiy o'tgan vaqt mobaynida o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ko'rikdan o'tkazilgan 45 futbolchidan 26 nafarini tanlab oldi. Yakunda ulardan 21 nafari Jahon chempionatiga boradiganlar ro'yxatidan joy oldi.
Futbolchilarning geografiyasi ham keng – “Bunyodkor”dan 10, “Paxtakor”dan 7, “Nasaf”dan 3, “Lokomotiv”dan 2 nafar o'yinchi mundialda yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Ro'yxatda Navoiy, Namangan, Toshkent, Farg'ona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon viloyatlaridan, shuningdek, poytaxtlik futbolchilarning borligi selekciya ishlari Respublika bo'ylab amalga oshirilganiga ishora. Tarkibda bu yili o'z klublari bilan Osiyo chempionlar ligasida o'ynab, katta tajriba to'plagan futbolchilar borligi murabbiylar qatori bizni ham xursand qildi. “Paxtakor”dan Javohir Sohibov, “Nasaf”dan Odilbek Hamrobekov, “Bunyodkor”dan Akram Komilov, Otabek SHukurov, Eldor SHomurodov, Zabihillo O'rinboev shular jumlasidan. Quyida JCH-2015da ishtirok etadigan futbolchilarimiz bilan yaqindan tanishtiramiz.

Darvozabonlar:

DILSHOD HAMROEV (“Qizilqum”)

Tug'ilgan sanasi: 11.07.1995
Tug'ilgan joyi: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani
O'qigan futbol maktabi: “Progress” futbol maktabi
Birinchi murabbiyi: Viktor Pujalin
Ampluasi: darvozabon
Jamoasi: “Qizilqum”



BOTIRALI ERGASHEV (“Paxtakor”)

Tug'ilgan sanasi: 23.06.1995
Tug'ilgan joyi: Namangan viloyati, Pop tumani.
O'qigan futbol maktabi: BO'SM-13 (Namangan).
Birinchi murabbiyi: Server Memetov.
Ampluasi: darvozabon
Jamoasi: “Paxtakor”



SARVAR KARIMOV (“Lokomotiv”)

Tug'ilgan sanasi: 25.12.1996
Tug'ilgan joyi: Toshkent viloyati, CHinoz tumani
O'qigan futbol maktabi: CHinoz sport maktabi
Birinchi murabbiyi: Zokir Toshmatov
Ampluasi: darvozabon
Jamoasi: “Lokomotiv”



HIMOYACHILAR:

RUSTAM ASHURMATOV (“Bunyodkor”)


Tug'ilgan sanasi: 07.07.1996
Tug'ilgan joyi: Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri
O'qigan futbol maktabi: “Ximik” futbol maktabi
Birinchi murabbiyi: Sergey Lushan
Ampluasi: himoyachi
Jamoasi: “Bunyodkor”



AKROMJON KOMILOV (“Bunyodkor”)

Tug'ilgan sanasi: 14.03.1996
Tug'ilgan joyi: Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri
O'qigan futbol maktabi: “Spartak” futbol maktabi
Birinchi murabbiyi: Narimon Asanov
Ampluasi: himoyachi
Jamoasi: “Bunyodkor”



ABBOSJON OTAXONOV (“Paxtakor”)

Tug'ilgan sanasi: 25.08.1995
Tug'ilgan joyi: Farg'ona viloyati, Qo'shtepa tumani
O'qigan futbol maktabi: Farg'ona olimpiya zaxiralari kolleji
Birinchi murabbiyi: Ilhom Soliev
Ampluasi: himoyachi
Jamoasi: “Paxtakor”



IBROHIM ABDULLAEV (“Paxtakor”)

Tug'ilgan sanasi: 05.12.1996
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri, Uchtepa tumani
O'qigan futbol maktabi: “Paxtakor” futbol maktabi
Birinchi murabbiyi: Aleksey Estafeev
Ampluasi: himoyachi
Jamoasi: “Paxtakor”



NAJMIDDIN NORMURODOV (“Nasaf”)

Tug'ilgan sanasi: 06.06.1995
Tug'ilgan joyi: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani
O'qigan futbol maktabi: 1-sonli futbol maktabi
Birinchi murabbiyi: Abdug'afur Abdujabborov
Ampluasi: himoyachi
Jamoasi: “Nasaf”



ODIL HAMROBEKOV (“Nasaf”)

Tug'ilgan sanasi: 13.02.1996
Tug'ilgan joyi: Namangan viloyati, Namangan tumani
O'qigan futbol maktabi: To'raqo'rg'on sport maktabi
Birinchi murabbiyi: Mahmudjon Rahimov
Ampluasi: himoyachi
Jamoasi: “Nasaf”



DOSTON TURSUNOV (“Neftchi”)

Tug'ilgan sanasi: 13.06.1995
Tug'ilgan joyi: Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani
O'qigan futbol maktabi: Farg'ona futbol maktabi
Birinchi murabbiyi: Tillo Mirzaev
Ampluasi: himoyachi
Jamoasi: “Neftchi”


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика